Yengil atletika va uni


I. Dasturdagi yugurish turlarida



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə276/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

I. Dasturdagi yugurish turlarida 
ishtirokchilarning egallagan o‘rinlarni aniqlash
1. Bir davra musobaqasi o‘tkazilganda, egallagan o‘rin eng yaxshi 
natijaga ko‘ra aniqlanadi.


573
2. Bir necha davrali musobaqa o‘tkazilganda, mazkur masofada 
g‘olibni hamda sportchilar egallagan o‘rinlarni aniqlash, ishtirokchilar 
musobaqaning dastlabki davralarida ko‘rsatgan vaqtdan qat’i 
nazar, final natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Finalga chiqmagan 
ishtirokchilar orasida o‘rinlar finaldan avvalgi davralarda ko‘rsatilgan 
natijalar bo‘yicha taqsimlanadi.
3. Qo‘shimcha finallar o‘tkazilganida, sportchilarga o‘rinlar “A” 
final natijalari, keyin “B”, “V” finali, keyin esa finalchilar tarkibiga 
kirmagan ishtirokchilar ko‘rsatgan natijalarga ko‘ra taqsimlanadi.
4. Musobaqaning biror bosqichiga uzrsiz sabab bilan kelmagan 
sportchi diskvalifikatsiya qilinadi, uning natijasi esa bekor qilinadi. 
U, shuningdek,, boshqa turlar (jumladan, estafetali yugurish) bo‘yicha 
musobaqalarda qatnashishga ham qo‘yilmaydi.
5. Uzrli sabab bilan kelmagan sportchi musobaqaning mazkur 
davrasida oxirgi o‘rinni egallaydi.
II. Balandlikka va langarcho‘p bilan sakrashlarda
1. O‘rinlar asosiy musobaqalarda ko‘rsatilgan natijalarga muvofiq 
taqsimlanadi.
2. Agar balandlikni bir necha sportchi egallagan bo‘lsa, u holda 
bunga eng kam urinish sarflagan sportchiga ustunlik beriladi.
3. Bu ko‘rsatkichlar ham bir xil bo‘lsa, mazkur musobaqada barcha 
balandliklarda (so‘nggi egallangan balandlikni ham hisobga olganda) 
muvaffaqiyatsiz urinishlari miqdori eng kam bo‘lgan sportchiga 
ustunlik beriladi.
4. Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha g‘olibni aniqlash 
mumkin bo‘lmasa, unda qayta sakrash o‘tkaziladi.
5. Qayta sakrash musobaqalarning davomi hisoblanib, qaydnomaga 
kiritiladi, muayyan shaxsni aniqlash uchun xizmat qiladigan natijalar 
rekord sifatida tasdiqlanishi va razryad me’yorlarini bajarish deb 
inobatga olinishi mumkin. Sakrashlar eng oxirgi (egallanmagan) 
balandlikdan boshlanadi, bittadan urinish imkoni beriladi. 
Qaydnomadagi yozuvlarga muvofiq balandliklar ko‘tariladi yoki 
pasaytiriladi. Ishtirokchi asosiy musobaqalarda o‘tkazib yuborgan 
balandliklariga ham sakrashi shart. Boshqa sportchilar egallagan 


574
balandlikni ololmagan ishtirokchilar qayta sakrashdan chiqib ketadi. 
Boshqa sportchilar ololmagan balandlikni egallagan ishtirokchiga 
birinchi o‘rin beriladi. G‘olib aniqlanganidan so‘ng, qayta sakrash 
to‘xtatiladi va unda ishtirok etgan boshqa sakrovchilarning o‘rinlari 
taqsimlanadi. Birinchi o‘ringa da’vo qilmagan ishtirokchilarning 
ko‘rsatkichlari teng bo‘lsa ham o‘rinlar taqsimlanadi.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin