576
- 4-nusxa – e’lonlar taxtasiga;
- 5-nusxa – ishtirokchilar
qoshidagi hakamlar uchun;
- 6-nusxa – start guruhiga;
- 7-nusxa – stadion tablosi xizmatiga;
- 8-nusxa – shamol
tezligini aniqlash xizmatiga;
- 9-nusxa – fotomarraga;
- 10-nusxa – kotibiyatning nazorat papkasiga.
Marraga va sakrash hamda uloqtirishlarning har bir turiga oid
papkalarga final musobaqalari blankining 2 nusxasi, nusxa ko‘chiruvchi
qog‘oz, shuningdek,, mukofotlash blankining 2 nusxasi solinadi.
Ishchi papkada dastur turi hamda musobaqalarning boshlanish
vaqti
ko‘rsatiladi. Materiallar yo‘qotilishining oldini olish va mas’uliyatni
oshirish maqsadida materiallarning kimga berilayotganligi, vaqti,
hakamlar guruhlaridan kotibiyatga ishchi qaydnomalarning kelib
tushish vaqti yozib boriladi.
Materiallardan nusxa ko‘chirish guruhi:
-turli xil hakamlik hujjatlarini bosib chiqaradi;
-yakuniy hujjatlarni zarur miqdorda ko‘paytiradi (yakuniy qayd-
nomalar shakli ilovada keltirilgan);
-hujjatlarni taqdim etish guruhiga
materiallarni etkazib beradi;
-ishlov berilgan varaqalarni arxivga jo‘natadi.
Materiallardan nusxa ko‘chirishda quyidagilarni ko‘rsatish zarur:
Dostları ilə paylaş: