Yengil atletika va uni


Ishtirokchilarning raqamlari



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə281/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Ishtirokchilarning raqamlari
Raqam berishning bir necha tizimi mavjud:
-raqam ketma-ket beriladi;
-raqamlar dasturdagi alohida turlar yoki turlarning guruhlari 
bo‘yicha berilib, bu turlarning qo‘shilishi amalda hech qachon yuz 
bermaydi;


580
-raqamlar ishtirokchilar guruhlari bo‘yicha beriladi (masalan, 
ommaviy krosslarda – poygalar bo‘yicha).
Ayrim tashkilotlarda ishtirokchilarga (yoki jamoalarga) butun 
mavsum uchun o‘zgarmas raqamlar beriladi.
Kotibiyat uchun xonalar va ularning jihozlanishi
Kotibiyat uchun yorug‘ va yetarlicha keng xona ajratilishi zarur, 
u marraga hamda musobaqa o‘tkazilayotgan boshqa joylarga yaqin 
bo‘lgani ma’qul.
Mebellarni shunday joylashtirish kerakki, kotib-hakamlarning 
har biri uchun alohida hududlar ajratilsin. Kompyuterlar va nusxa 
ko‘chirish texnikasi alohida yoki natijalarga ishlov berayotgan 
hakamlardan chekkaroqqa o‘rnatiladi.
Imkon bo‘lsa, bosh kotibga ayrim xona beriladi yoki umumiy 
xonadan alohida joy ajratiladi, chunki u boshqa kotiblarga halal 
bermagan holda jamoalar vakillari bilan ishlay olishi lozim. 
Hujjatlarning harakatini kamaytirish, keragidan ortiq yurishlarga 
yo‘l qo‘ymaslik uchun kotiblar ish sxemasiga muvofiq o‘rinlarni 
egallashi zarur. Kotibiyatni uning ishiga aloqador bo‘lmagan shaxslar 
va hakamlardan chegaralab qo‘yish kerak, buning uchun boshqa 
xizmatlarni ham xonalar bilan ta’minlash lozim. Kotibiyat xonasiga 
kirish joyi ikkita bo‘lgani ma’qul (ba’zan bu sun’iy ravishda amalga 
oshiriladi): hakamlar guruhlari kotiblari uchun – kirish oldida 
hakamlik hujjatlarini beruvchi yoki qabul qilib oluvchi kotib o‘tiradi 
(uning o‘zi ma’lumotlar bo‘yicha kotib vazifasini bajarida) hamda 
jamoalarning vakillari uchun – kirish oldida bosh kotib yoki uning 
muovini joylashadi.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin