583
Ishchi hujjatlarning to‘plamlari:
–musobaqa Reglamenti;
–musobaqa Jadvali;
–toza qog‘oz
varaqlari;
–ishchi qaydnomalar (taxminiy miqdori – yugurish turlariga – 9,
texnik turlar – 7).
Ishchi qaydnomalardan tashqari hakamlar guruhlari papkalariga
hakamlik blanklari ham joylanadiki, ular musobaqa o‘tkazish uchun
zarur hisoblanadi.
Masalan,marradagi hakamlar guruhi uchun:
-marradagi katta
hakam qaydnomalari;
-katta vaqt o‘lchovchi qaydnomalari;
-davralar bo‘yicha yugurish va oraliq vaqt hakamlari qaydnomalari;
-masofadagi hakamlarning yozuvlari blanklari joylanadi.
Sportcha yurish bo‘yicha hakamlar uchun – yurish bo‘yicha
hakamlar yozuvlari, jamlovchi qaydnoma, uslub bo‘yicha hakam
qaydnomasi va h.k. blanklar taxlanadi.
Agar ishtirokchilarning varaqalariga natijalar hakamlar guruhlari
kotiblari tomonidan yozilsa, u holda papkalarga varaqali xatjildlar
ham joylanadi, bunda guruhdagi kotiblar soni
bir nafar hakamga
ko‘paytiriladi.
Papkalarning taxminiy miqdori va ularning kimlar uchun
tayyorlanishi:
–ishtirokchilar qoshidagi hakam;
–startyor;
–marra;
–axborot;
–fotomarra;
–tablo;
–shamol tezligini o‘lchash;
–sakrashlar: uzunlikka, uch hatlab, langarcho‘p bilan, balandlikka;
–uloqtirishlar: yadro, disk, nayza, bosqon.
Har qanday darajadagi musobaqada kotibiyat e’lonlar taxtasini
o‘rnatishi lozim.
584
E’lonlar taxtasi vakillar va sportchilar ko‘rishi mumkin bo‘lgan
joylarda (masalan, ishtirokchilar yig‘iladigan joyda va kotibiyat
yaqinida) o‘rnatiladi.
Start qaydnomalari va natijalarni alohida joylashtirish maqsadga
muvofiq. Jamoalarga oid ma’lumotlarni Nizom,
Reglament, jadval
bilan bir taxtaga joylashtirgan ma’qul.
Dostları ilə paylaş: