Kundalik nazorat – ma’lumot yig‘ish vazifasini hal qiladi,
mashg‘ulot yuklamalarini bajarish ta’siri ostida sportchi holatini har
kungi tebranishlarini baholashga imkon beradi. Kundalik nazorat
mashg‘ulotigacha va mashg‘ulotdan keyin o‘zini tizimli baholash
asosida amalga oshiriladi.
Bosqichli nazorat – tugallangan tayyorlanish stikliga nisbatan
ko‘pgina mashg‘ulotlarni jamlash tufayli tushishda sportchilar holatini
o‘zgarish bahosini vazifalarini hal qiladi.
Qayd qilingan ko‘rsatkichlar yengil atletlarni ko‘pincha sport-
texnik mahorati darajasini aniqlashda texnik mahoratini va yyetakchi
jismoniy sifatlarni rivojlantirish darajasini baholash kerak. Bosqich
nazoratini vaqti-vaqti bilan o‘tkazish 4-6 haftada bir martadan iborat va
tayyorlanishni o‘rta siklining oxirida (mezosikl) o‘tkaziladi. Bosqichli
nazoratning natijalari asosida bajariladigan mashg‘ulot yuklamasini
kumulyativ samarasi to‘g‘risida xulosa qilinadi va juda zarur sharoitda
kelgusi mezostiklda mashg‘ulot rejasini tuzatilishi o‘tkaziladi.
Bunda qayd qilinadigan tayyorgarlik ko‘rsatkichlari kvalifikatsiyaga
muvofiq sportchilarni maxsus jismoniy, texnik, taktik, funksional
tayyorgarligini ko‘rsatkichlarini me’yorlari bilan solishtiriladi.
Yengil atletika turi bo‘yicha turli kvalifikatsiyali sportchilar
tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini me’yorlari darslikning tegishli
bo‘limlarida keltirilgan. Me’yoriy ko‘rsatkichlari tayyorgarlik tasnifi
bilan solishtirganda, mashg‘ulotni bajarilish samaraligini har bir
sportchini kuchli va zaif tomonlarini baholash mumkin, individual
kamolotga yetkazishda eng afzal yo‘nalishlarini aniqlash mumkin.
Masalan: 100 m va 200 m ga yugurish natijasi 10-22 sekundda
maksimal tezlikni saqlash sportchi qobiliyatiga bog‘liq. Bu qobiliyat
turli ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi: bioenergetik, kuch tezligi,
texnikasi va boshqalar.
Shuning uchun har qanday test natijasi shu ko‘rsatkichlarga
bog‘liqligi, sprinterni bosqichli nazorati uchun ishlatish mumkin.
Masalan: 60 m + 300 m gacha bo‘lgan masofada bir marta yugurish,
har mashqqa yaqinlashishdir.
595
Irg‘ituvchini bosqichli nazorati uchun musobaqa natijalariga yaqin
bo‘lgan natijani bajarishda yengillashtirilgan yoki og‘irlashtirilgan
snaryad ishlatiladi.