593
g) asosiysi, (shahar,
mamlakat chempionatlari, katta halqaro muso-
baqalar).
Musobaqa sharoitida yengil atlet sportchini o‘rganishda, uning
shaxsini ko‘p tomonlarini, sifatlarini funksional imkoniyatlarini
baholash mumkin, garchi shu vaqtda musobaqalar shakllanish vositasi
bo‘lib xizmat qiladi.
Musobaqalashish faoliyatini tekshirish jarayonida sport
texnikasini
samaraligini aniqlash, sportchi xulqi taktikasini nazorat qilish,
organizmni biokimyoviy va fiziologik reaksiyalari baholanadi,
musobaqa
vaqtida qanday tekshirilsa, musobaqadan so‘ng ham
shunday tekshiriladi. Vaqtni o‘tish oralig‘iga bog‘liq holda bir holatdan
ikkinchi holatga o‘tish zarurligini sportchilarni 3 ta holati ajratilgan:
1. Bosqichli holati sportchi muvaffaqiyatlarini ko‘rsatishda
imkoniyatlarini aks ettiradi va bular birmuncha uzoq vaqt saqlanadi.
2. Odatdagi holat bir yoki bir nechta mashg‘ulotlar ta’sirida
o‘zgaradi.
3. Operativ holat bir marta bajarilgan jismoniy mashqlar ta’sirida
o‘zgaradi.
Sportchilarni bu tip holatlarida muvofiq holatni 3 ta asosiy
pedagogik nazorat belgilanadi.
Operativ nazorat
– jarayonda tez vaqt ichida sportchini holati
jismoniy mashqlarni bajarishdan keyin seriyalarni mashqlar bajarishda
yoki mashg‘ulot vaqtida baholanadi.
Operativ nazorat natijalari orqali mashqlar va seriyali mashqlar
orasidagi eng qulay dam olish
tanaffuslari aniq belgilanadi,
mashg‘ulotlar yuklamasining hajmi jismoniy mashqlar seriyalarida
ifodalanadi. Masalan: mashg‘ulot jarayonida yuguruvchi sportchi
6x150 m dan yugurib o‘tishi kerak, tezlik bilan 89-90% 3 minut dam
olish tanaffusi bilan.
Berilgan dam olish rejimida sportchi tezlik bilan yugurishni
3-masofasidan keyin zarur tezlik bilan vazifani bajarishdan holi
bo‘lmaydi. Bu holatdan chiqishni bir necha yo‘llari mavjud:
1. Mashg‘ulotni seriyali o‘tkazish, ya’ni
ikki yoki uch marta
yugurish, bunda seriyalar orasidagi dam olish vaqtini uzaytirish;
2. Mashg‘ulotni ikki qismga bo‘lish (ertalab va kechqurun);
594
3. Ishni tezligi keskin ravishda tushganda mashg‘ulotlarni to‘xtatish.
4. Mashqlarni berilgan tezlik bilan bajarish sharti bilan dam olish
vaqtini to‘liq tiklangunga qadar uzaytirish.
Dostları ilə paylaş: