602
Musobaqaning bosh kotibi
– musobaqaning barcha bayonnoma-
larni tayyorlash va yuritish uchun, ishtirokchilardan arizalarni qabul
qilish, musobaqa yakunlarini amalga oshirish javobgar bo‘lgan
hakam
hisoblanadi.
Musobaqaning bosh hakami
– musobaqaning tayyorlanishi, tash-
kil qilinishi va to‘g‘ri tartibda o‘tkazilishi uchun javobgar bo‘l gan,
hakamlar guruhsi
faoliyatini nazorat qiluvchi, musobaqaning yakun-
larini amalga oshiruvchi hakam hisoblanadi.
Disk
–
doira shaklidagi, og‘irligi 1, 1,5, 1,75, 2 kg va diametr
o‘lchami 180 – 220 mm ga teng bo‘lgan (sportchilarning
jinsi va
yoshiga bog‘liq holatda) sport anjomi (snaryad) hisoblanadi.
EEA
– Evropa Yengil atletika Assotsiatsiyasi – Yevropada yengil
atletika musobaqalarini o‘tkazish va rivojlantirishni boshqarish organi
hisoblanadi.
O‘tib tushish (zastup)
– gorizontal holatda sakrash davomida ita-
rilishda plankaning chekka sohasi bo‘ylab oshib o‘tish. O‘tib
tushish
holatida sportchining urinishi hisobga olinmaydi.
Estafetani uzatish zonasi
– estafetali yugurish davomida 20 metr
masofa bo‘ylab belgilangan soha bo‘lib, bu sohada estafeta tayoq-
chasining uzatilishi amalga oshiriladi. Bu
zonadan tashqarida estafeta
tayoqchasining uzatilishi musobaqa tartibining buzilishi hisoblanadi
va jamoa diskvalifikatsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: