609
bajarish texnikasi haqida bilimlarni egallash
darajasining oshirilishi,
mashg‘ulotlar uslubiyati, mashg‘ulotlar rejiminng xususiyatlari va
qayta tiklanish tavsiflari, yengil atletika sport turlari va hokazo bilimlar
haqida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lishni nazarda tutadi.
Texnik tayyorgarlik
–
yengil atletikachining umumiy va max-
sus jismoniy mashqlarni bajarishida yengil atletikachining sport
tayyorgarligining bitta jihati bo‘lib, harakat ko‘nikmalari
va malaka-
larining o‘zlashtirilishi, mustahkamlanishi va takomillash tirilishiga
yo‘naltiriladi.
Soqqani irg‘itish
–
yengil atletikada uloqtirish turlaridan biri
bo‘lib, maxsus sport snaryadini – ya’ni, diametr o‘lchami 2,135
metrga
teng bo‘lgan doira sohasida soqqani (yadro) «irg‘itish» ko‘rinishida
(qo‘llarning irg‘itish ko‘rinishidagi siltanishi asosida) uloqtirilishidan
tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: