608
tidan tashkil topadi: ya’ni, «yuqoridan – pastga» va «pastdan –
yuqoriga», estafetaning vizual (ko‘z bilan ko‘rib turgan holatda)
holatda uzatilishi, estafetaning vizual bo‘lmagan holatda uzatilishi.
Uzunlikka sakrash usullari
– sporchilarning eng yaxshi natijani
qo‘lga kiritish maqsadida uzunlik bo‘ylab
sakrashning uchish fazasida
o‘zaro farqlanuvchi harakatlaridan tashkil topadi. Hozirgi vaqtda
yugurib kelib uzunlikka sakrash bo‘yicha
quyidagi usullar mavjud
hisoblanadi: jumladan, «oyoqlarni bukish», «bukilish», «qaychi»
usullaridan foydalaniladi.
Sprinter
–
yengil atletikaning sprinterlik turi bo‘yicha ishtirok
etuvchi yengil atletikachi hisoblanadi.
Stayer
– uzoq masofaga yuguruvchi yengil atletikachi hisoblanadi.
Startyor (start beruvchi)
– yengil atletikaning yugurish
turlarida
sportchilarga start beruvchi hakam hisoblanadi.
Start bayonnomasi
– musobaqaning alohida bosqichlarida
sportchilarning urinishlarni bajarishi yoki yo‘lak bo‘ylab joylashish
tartibi ketma – ketligini aks etiruvchi hujjat hisoblanadi.
Start dastgohi (start kolodkasi)
– sprinterlik yoki to‘siqlar osha
yugurish musobaqasini amalga oshirishda
quyi start olish uchun
moslama bo‘lib, har ikkala oyoq bilan tiralib turiladi.
Dostları ilə paylaş: