596
uning hamma aloqalardagi voqealarini o‘rganishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Tekshirish vazifalarini belgilashda ifodalanishi ko‘zda tutadi va shunday
savollar tanlanadiki,
ilmiy ishning fikrini, uning asosiy aspektlarini
aks ettirishi kerak. Vazifalarning soni uning murakkabligiga bog‘liq,
bajaruvchilar soniga, tekshirishni davomiyligiga va boshqa omillarga
bog‘liq.
Tekshirish vazifalari odatda ularning o‘zaro aloqadorligi mo‘ljal-
lanadi, ya’ni bir vazifani yechmay, ikkinchisiga o‘tib bo‘lmaydi.
Tekshirishni hamma vazifalarini yechish butun tekshirishni tamom-
lanishi mo‘ljallanadi. Qandaydir hodisalarni tushuntirish
uchun oldin-
ga suriladigan ilmiy taxminni gipoteza deb atash qabul qilingan.
Gipotezani ishlab chiqish manbalari shulardan iborat:
- pedagogik tajribani umumlashtirish;
- mavjud bo‘lgan ilmiy faktlarni analiz qilish;
- ilmiy nazariyani keyingi rivojlanishi.
Gipoteza oqilona fikr va intuitsiya asosida tug‘iladi. Gipotezani
mustaqilligi quyidagi vaziyatlarda aniqlanadi: (Ashmarin B.A., 1987):
1. Gipoteza prinstipial teshirishga ega bo‘lishi kerak;
2. U oldin belgilangan ilmiy faktlarga
ziddiyatlik qilmasligi va
prinstipial sodda bo‘lishi kerak;
3. Gipoteza o‘rganilayotgan hodisalarni mohiyati tashkil qiluvchi
savollar doirasini tushuntirishi kerak, nazariy va amaliy tajribali dalil-
larga ega bo‘lmagan tushunchalarni kiritishi kerak emas.
4. Gipoteza taxmin sifatida ehtimollik harakteriga ega,
lekin bunday
ehtimollik mantiqiy dalillarga ega bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: