III. Uloqtirishlar, yadro itqitish, uzunlikka va uch hatlab sakrashlarda 1. Dasturdagi mazkur turlarning birortasida maydonga chiqadigan
sportchilar orasida o‘rinlarning taqsimlanishi asosiy hamda final
musobaqalarda 6 ta urinishning barchasida ko‘rsatilgan natijalarning
eng yuqorisi bo‘yicha final ishtirokchilari uchun o‘tkaziladi. Qol-
gan barcha ishtirokchilar uchun asosiy musobaqalardagi uch urinish-
ning eng yaxshi natijasi bo‘yicha o‘tkaziladi. Agar ikki yoki bir
necha ishtirokchi bir xil natija ko‘rsatgan bo‘lsa, u holda o‘rinlar bu
ishtirokchilarning (asosiy va final musobaqalarda) qolgan urinish-
lardagi eng yaxshi natijalari bo‘yicha taqsimlanadi.
Malakaviy musobaqalarning natijalari asosiy musobaqalarda shax-
siy birinchilikni aniqlashda hisobga olinmaydi. Zaruriyat tug‘ilganda,
asosiy musobaqalarga qo‘yilmagan ishtirokchilar orasida o‘rinlar
malakaviy musobaqa natijalari bo‘yicha taqsimlanadi.
IV. Ko‘pkurashlarda 1. Har bir tur bo‘yicha ko‘rsatilgan natijalar maxsus jadval asosida
ochkolarda baholanadi. Yakuniy natijalar mazkur ko‘pkurash tarkibiga
kiruvchi barcha turlar uchun olingan ochkolar yig‘indisiga ko‘ra
aniqlanadi.
2. Yugurish bo‘yicha barcha natijalar yo 0,01 sek aniqlikkacha,
yoki (agar fotomarra bo‘lmasa) 0,1 sek. aniqlikkacha olinadi.
3. Agar bir necha ko‘pkurashchida ochkolar yig‘indisi bir xil
bo‘lsa, ko‘pkurashning ko‘proq turlari bo‘yicha raqibidan oldinda
bo‘lgan sportchiga ustunlik beriladi. Bu ko‘rsatkich ham bir xil bo‘lsa,
ko‘pkurashning biror turi uchun ochkolarda eng yuqori baho olgan
sportchi ustunlikka ega bo‘ladi.
575
4. Ko‘pkurashning bir turi bo‘yicha musobaqaga kelmagan (uzrsiz
sabab bilan) ishtirokchi musobaqalardan chiqarib yuboriladi.
5. Nol baho olish ishtirokchini musobaqadan chiqarib yuborish
uchun sabab bo‘la olmaydi.