571
- hakamlar hujjatlarini qabul qilib oladi va ularning to‘g‘ri to‘l-
dirilganligini tekshiradi.
Kotibiyatga tushgan hujjatlar ushbu jihatlardan tekshiriladi:
A) hakamlar guruhidagi rasmiy shaxslar hamda bosh hakamning
ish bo‘limlari bo‘yicha muovini yoki referi imzolari qo‘yilganligi;
B) dasturdagi yugurish turlari bo‘yicha start qaydnomalarining
mavjudligi;
- namoyish taxtasiga o‘tkazilgan musobaqa davralari qaydnoma-
larining nushalarini osib qo‘yadi.
Kotibiyatning namoyish taxtasi: “musobaqalarning start qaydno-
malari”, “musobaqa natijalari qaydnomalari”, “erkaklar”, “ayollar”
ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi lozim. Unda: afisha, musobaqalar o‘tka-
zilayotgan joylar
hamda xizmatlarning manzili, musobaqalar jadvali
va shartlari, ishtirokchi jamoalar tarkibi, jamoaviy musoba qalarning
borishi jadvalini joylashtirish maqsadga muvofiq.
Axborot materiallari osilgan peshlavhalar sportchilar, vakillar
hamda tomoshabinlarning tanishishi uchun qulay joylarda tashkil
etiladi.
Musobaqalarning navbatdagi davrasi tarkibi musobaqalar o‘tkazi-
layotgan kunlarda tuzilib, ularning start qaydnomalari musobaqa turi
boshlanishidan kamida 1 soat avval osib qo‘yiladi.
Yakuniy natijalar (ishchi qaydnoma nushalari) mazkur tur bo‘yicha
musobaqalar tugagan zahoti osiladi.
Musobaqa rahbariyatining ishtirokchilarga beradigan xabarlari
axborot taxtasiga darhol osib qo‘yiladi:
- sport turi bo‘yicha
musobaqalar tugaganda, ishtirokchilarning
varaqalarini statistika va rekordlar guruhiga jo‘natadi;
- musobaqalarning navbatdagi davrasi o‘tkazilgan hollarda qur’a
tashlashga tayyorlanadi va varaqalarni nusxa ko‘chirish guruhiga
jo‘natadi;
- qaydnomalar va boshqa hakamlar hujjatlarini arxivda to‘playdi,
yakuniy qaydnoma bosib chiqarilganidan so‘ng varaqalar ham nusxa
ko‘chirish guruhidan shu yerga qaytariladi;
- mazkur tur bo‘yicha barcha guruh va
davralarning materiallarini
(qaydnomalar, varaqalar) bir to‘pga (podborga) yig‘adi.
572
Guruhlarning kotiblaridan olingan qaydnomalarga ishlov berishda
quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
- dasturdagi yugurish turlarida ishtirokchilarning varaqalariga faqat
katta hakam va katta vaqt o‘lchovchi hakamning marra varaqalaridan
yoki fotomarra qaydnomalaridan olingan natijalargina qayd etiladi.
Ayni vaqtda ular tomonidan musobaqalarning ishchi qaydnomasida
natijalar va ishtirokchilarning yetib kelish tartibi to‘g‘ri qayd etilganligi
tekshiriladi;
- sakrash va uloqtirishlarda – ishchi qaydnomadan natijalarni
shaxsiy varaqalarga ko‘chirish vaqtida qaydnomaga tegishli belgi
qo‘yiladi;
- ishtirokchilarning shaxsiy varaqalarini natijalariga ko‘ra
egalla gan
o‘rinlariga qarab taxlagan vaqtda masofadan chiqib ketgan, diskvali-
fikatsiya qilingan, musobaqaga kelmagan hamda tanlovdan tashqari
ishtirok etganlarning varaqalari oxiriga joylashtiriladi. Masofadan
chiqib ketgan, diskvalifikatsiya qilingan, musobaqaga kelmagan
hamda tanlovdan tashqari hisoblangan ishtirokchilar jamlovchi
qaydno maga tartib raqami ko‘rsatilmagan holda kiritiladi;
-musobaqalarda keyingi davralarning ishtirokchilari yugurish
dasturining har bir turida keyingi davraga chiqish shartlariga muvofiq
ravishda aniqlanadi. Yarim final va finalda poygalar bo‘yicha va
yo‘lkacha uchun qur’a tashlash albatta o‘tkazilishi shart;
-sakrash va uloqtirishlarda malakaviy me’yorlarini bajargan yoki
malakaviy musobaqalarda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 12
nafar
sportchi asosiy musobaqalarga qo‘yiladi. Asosiy musobaqalarda qur’a
tashlashni o‘tkazish majburiy hisoblanadi;
-sportchi ko‘rsatgan razryad ishtirokchining varaqasida
musobaqalarning eng yaxshi natijasi tartibiga ko‘ra (musobaqalarning
qaysi davrasi ekanligidan qat’i nazar) qayd etiladi;
-sportchi ko‘rsatgan natijani jamoa hisobiga kiritish uchun baholash
asosiy musobaqalar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: