Laboratoriya ishi – 3 Natriy, kremniy va kalsiy oksidlari asosida shishani sintez qilish. Nazariy qism Hom-ashyo materiallarini tayyorlash Ish maqsadi



Yüklə 18,35 Kb.
tarix27.03.2023
ölçüsü18,35 Kb.
#90312
Laboratoriya ishi - 3


Laboratoriya ishi – 3
Natriy, kremniy va kalsiy oksidlari asosida shishani sintez qilish.
Nazariy qism
Hom-ashyo materiallarini tayyorlash
Ish maqsadi. Hom-ashyo materiallarini tayyorlash, shisha omixtasini tayyorlash, xom-ashyoning namligini aniqlash, shisha sintez qilish.
Ish bajarish tartibi
1. Kerakli xom-ashyo materiallarini tanlab olinadi.
2. Olingan xom-ashyo materiallari maydalanadi, quritiladi, elanadi.
3. Tayyor bo‘lgan xom-ashyo materiallarini kerakli miqdorda analitik tarozida tortib olib, stupkaga solinib, bir xil tarkibga kelguncha aralashtiriladi.
4. Tayyor bo‘lgan omixta kerakli sig‘imdagi tigellarga solinib, pechga qo‘yiladi va 1450oС da pishiriladi.
Xom-ashyolarni tayyorlash maydalash(birlamchi maydalash, unlash), quritish va elash jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Xom–ashyolar GOST talablariga javob berishlari kerak. Bu talablarda xom-ashyodagi doimiy tarkibiy qismi va aralashmalarni, ma’lum bir namlik darajalari ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bilan birga xom-ashyo materiallarini donadorlik tarkibi ham katta ahamiyatga ega (1-jadval).
Materiallarning donadorlik tarkibi. 1-jadval.

Материал

Элак №

Тешиклар сони 1 см2

Доналарни максимал катталиги,мм

Стандарт

Кварц қуми

08

81

0,8

ГОСТ 3826-60

Дала шпатли концентрат

07

100

0,7




Доломит

09

64

0,9

ГОСТ 23672-79

Бўр

11

49

--

ГОСТ17498-72

Оҳак

09

64

--

ГОСТ 23671-79

Сода

11

49

--

ГОСТ 5100-73

Бор кислотаси

14-13

16-25

--




Шлак

09

64

0,9




Рух

14-13

16-25

--


Bo‘r, dolomit, dala shpati va boshqa alohida bo‘lak –bo‘lak ko‘rinishga ega bo‘lgan materiallar, avval maydalanadi keyin quritiladi, unlanadi va tebranma yoki oddiy elaklarda elanadi. Aynan elash orqali xom-ashyoda kerakli donadorlik tarkibga erishish mumkin.


Jadvalda u yoki bu hom-ashyoni tayyorlash uchun ishlatiladigan elaklarning raqamlari keltirilgan. Materialning donadorlik tarkibini tanlashda omixtadagi komponentlarni erish tezligini e’tiborga olibgina qolmasdan, uning va shisha massasining tiniqlanishini ham e’tiborga olish kerak. Misol sifatida kvars qumiga qo‘yiladigan disperslik talablarni ko‘rishimiz mumkin. Qum donalarini kattaligi 0,8mm bo‘lishi kerak. Donalar katta bo‘lsa, eritmada qiyin eriydi.


Omixta tayyorlash
Omixta tayyorlash xom ashyo materiallarni tortishdan boshlanadi. Xom ashyolarni analitik yoki texnik tarozilarda tortiladi. Tayyorlanadigan omixtani hajmiga qarab taroz tanlanadi. Analitik tarozilarda materiallar verguldan keyingi ikkinchi songacha bo‘lgan aniqlikda tortish imkonini beradi, texnik tarozilarda esa verguldan keyingi birinchi songacha aniqlikda tortish mumkin. Tortilgan porsiyalarni chinni havonchalarga solinadi. Qumni tortib bo‘lgandan so‘ng oson eriydigan komponentlar tortiladi, masalan soda, keyin esa qolgan xom ashyo materiallar tortiladi. Xom ashyolarni tortish e’tiborliroq bo‘lishni talab etadi. Ozgina e’tiborsizlik ham tajriba natijalarini buzishi mumkin.
Xom ashyolarni tortish jarayoni ham muhum jarayonlardan biri hisoblanadi. Aralashtirish orqali alohida alohidagi komponentlarni, xom ashyo materiallar aralashmasida bir xil yoyilishiga erishish mumkin. Omixtani bir tarkibli bo‘lishi, shisha massasini pishishini tezlashtiradi, tiniqlanishini tezlashtiradi va bir tarkibli shisha olishga xizmat qiladi.
Omixtani bir tarkibli bo‘lmasligi shisha massasida svillar, pufakchalar hosil bo‘lishiga,yaxshi pishmasligiga olib keladi. Laboratoriya sharoitida shisha kichkina hajmga ega bo‘lgan -50,100,150mm li tigellarda pishiriladi. Bu o‘z navbatida bir hil tarkibli shisha massasi olishni qiyinlashtiradi.
Omixtani chinni chashkalarda xar hil xovonchalarda (chinni, agat, korundli) dastaklar yoki qoshiqlar yordamida aralashtiriladi. Bu xolda har bir omixtani kamida 15 minutdan aralashtirish kerak. Omixta komponentlarini yana laboratoriyada ishlatiladigan tarelkali yoki barabanli aralashtirgichlarda aralashtiriladi. Bunda aralashtirish 5-10 daqiqagacha kamayadi. Aralashtirish unumdorligini oshirish uchun va omixtani qatlamlanishini oldini olish uchun omixtani 3-7% gacha namlash kerak. Tortilgan qumga suv qo‘shib aralashtiriladi, keyin qolgan komponentlar bilan aralashtiriladi. Bu esa soda, bo‘r, sulfatlarni qum donalariga yopishishiga, oxir oqibatda shisha pishirish jarayonida silikat- va shisha hosil bo‘lish jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi. Suvni aralashgan omixtaga qo‘shish uni bo‘lak (kesak) bo‘lib qolishiga va komponentlarni omixtada bir xil yoyilmasligiga olib keladi. Agar omixtaga 0,1 dan 2% gacha rang beruvchi element qo‘shilsa, u holda oldin rang beruvchi element tortib olinadi va alohida xovonchada ozgina qum bilan aralashtirilib olinadi, keyin boshqa komponentlar bilan aralashtiriladi.
Laboratoriya sharoitida omixtani granulalash, tabletka xolatiga keltirish mumkin.
Nazorat savollari.
1. Xom-ashyo materiallarini tayyorlash qanday jarayonlarini o‘z ichiga oladi?
2. Xom-ashyo materiallarining donadorlik tarkibi va GOST talablari qanday?
3. Omixta tayyorlash jarayonini tushuntiring.
4. Qum orqali qaysi oksid kiritiladi?
5. Dala shpati orqali qanday oksid kiritiladi?
6. Dolomit orqali qanday oksid kiritiladi?
7. Soda orqali qanday oksid kiritiladi?
8. Bo‘r, oxak orqali qanday oksid kiritiladi?
9. Bor kislotasi orqali qanday oksid kiritiladi?
10. Rux orqali qanday oksid kiritiladi?
Yüklə 18,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin