567
Turli toifali musobaqalarda guruhlar va ulardagi kotiblar miqdori
o‘zgarishi mumkin. Barcha hollarda kotibiyatning o‘ziga xos
tuzilishini hamda ish tartibini ishlab chiqish lozim.
Bosh kotibning faoliyati
Bosh kotib musobaqaning bosh hakamiga bo‘ysunadi. Bosh
kotibning majburiyalari:
- bosh kotibiyat a’zolari orasida vazifalarni taqsimlash va ularning
ishini
tashkil etish;
- shaxsiy va texnik talabnomalarning qabul qilinishini tashkil etish
(ishtirokchilarni musobaqalarga kiritish hay’ati bilan hamkorlikda);
- qaydnomalarni tayyorlash va ularni barcha xizmatlarga tarqatish;
- alohida sport turlari bo‘yicha kotiblar guruhlariga ko‘rsatmalar
berish va ular faoliyatini nazorat qilish;
- shaxsiy
va jamoaviy musobaqalar, shuningdek,, ko‘pkurashlar
natijalarini chiqarish;
- rekord dalolatnomalari tuzilishining to‘g‘riligini ta’minlash va
nazorat qilish;
- natijalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bosib chiqarish va nusxasini
ko‘paytirishga
rahbarlik qilish;
Startyor va uning yordamchilari
1. Startyorlar hay’ati tarkibiga kiradigan hakamlar startyor etib
tayinlanishi mumkin.
Asosiy startyorning eng muhim vazifasi – ishtirokchilarning
ham start signaligacha yugurishni boshlab yubormaydigan tarzda
start berishdan iborat, qo‘shimcha startyorlarning vazifasi – agar
ishtirokchilar start qoidasini buzgan bo‘lsalar va
asosiy startyor
ularni qaytarmagan bo‘lsa, to‘xtash va joylariga qaytish uchun signal
berishdan iborat.
Startyorning majburiyatlari:
- ishtirokchilarning kelganligini tekshirish, start bayonnomasiga
qayd etish, keyin
marradagi kotibga topshirish;
- startda mavjud jihozlarni tekshirish;
- startda ishtirokchilar egallagan holatning to‘g‘riligini tekshirish;
- agar oldinroq qur’a tashlanmagan bo‘lsa, uni amalga oshirish.