562
Mazkur masalalar bo‘yicha qabul qilingan qarorlar va kiritilgan
aniqliklar jamoa vakillariga etkazilishi shart.
3. Nizomda texnik tur bo‘yicha malakaviy me’yorlar,
sakrash turida
plankani ko‘tarish tartibi to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarning mavjudligi.
II. Musobaqa o‘tkazuvchi tashkilot bilan ishlash
Musobaqalar talab darajasida o‘tkazilishi uchun ularni o‘tkaza-
yotgan tashkilot oldiga bir qator masalalar qo‘yilishi va ijobiy hal
etilishi zarur:
1. Oddiy va
namoyish etiluvchi qaydnomalar, rekordlarni qayd
etish dalolatnomalari blanklarining mavjudligi.
2. Nusxa ko‘chirish uskunalari, qog‘oz,
devonxona ashyolari bilan
ta’minlash imkoniyatlari.
3. Malakali kompyuterchilar (mashinistkalar), rassomlar, nusxa
ko‘chirish uskunalarida ishlovchi xodimlarning mavjudligi.
4. Musobaqa o‘tkazish uchun sarflanadigan harajatlar smetasi,
kotiblar va texnik xodimlarga haq to‘lash toifalari va tartibi.
5. Hakamlar hay’ati va kotibiyatning miqdoriy tarkibi.
6. Taklif etiladigan hakamlarning tarkibiy ro‘yxati.
Boshqa
shaharlik hakamlar ro‘yxati, zarur kishilarni chaqirish imkoniyatlari.
7. Rekordlar ro‘yxatini olish.
8. Ishtirokchilarni shaxsiy birinchilik va j/b.ga kiritish tartibi, kim
va qancha muddatda kiritadi.
9. Ko‘krak raqamlarining zarur miqdordagi to‘plamlari mavjudligi.
10.Talabnomalarni qabul qilish joyi va vaqti.
11.Yakuniy materiallarning zarur miqdori.
12.Musobaqa to‘g‘risida taqdim etiladigan hisobot shakli.
13.Qur’a tashlash kimga topshiriladi.
14.Uzoqda joylashgan sport inshootlaridan musobaqa natijalarini
etkazish vositalari.
15.ABT mavjudligi (avtomatik boshqaruv tizimi).
16.Kotibiyat materiallari kimga beriladi.
17.Uzoqda joylashgan startlardan (mas., krossda) start qaydno-
malarini etkazish uchun aloqachilarni harakat vositalari bilan ta’-
minlash.
18. Halqaro musobaqa va uchrashuvlar o‘tkazilganda:
563
- materiallar
nashr etiladigan tillar;
- kotibiyat uchun tarjimonlar;
- chet tillaridagi atamalarni aniqlashtirish;
- kotibiyatning jamoa vakillari bilan aloqasi.
Dostları ilə paylaş: