1.4. Mashgulotlarning normativ va talab me’yorlari
Bolalar tayyorlov tibbiy guruhiga o‘tkazilganda, ular asosiy guruh
bilan hamkorlikda o‘quv dasturi bo‘yicha normativlar topshirib,
jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanadilar. Biroq tayyorlov tibbiy
guruhidagi o‘quvchilar yuklamalarning ayrim chegaralanishlariga va
harakat ko‘nikmalar majmuini bir muncha sekinroq o‘zlashtirishga
hamda organizmga, ayniqsa, qo‘shimcha talablar qo‘yilishi bilan bog‘-
liq jismoniy fazilatlarni tarbiyalashga muhtoj bo‘ladilar. Yuklamalar,
chidamli bo‘lishga chorlovchi mashqlarni asta-sekin ko‘paytirib
borish orqali aniq ifodalangan mashq samarasiga erishiladi. Chiniqish
ortib borgani sayin o‘quvchilarning sog‘ligi mustahkamlanib, bunda
ular organizmining himoya kuchlari faollashadi.
554
1.5. Yuklamalarning kun, hafta va-yil
davomidagi tarkibi va me’yorlari
Kun mobaynida yukamalarning 3 varianti farqlanadi.
Birinchi variant. Rivojlantiradigan yoki quvvatlab turadigan
yuklamalari bo‘lgan ish kuni. Tayyorlov, rag‘batlantiruvchi yuklamalar,
ertalabki badantarbiya va darslardan oldingi mashg‘ulotlarda (jami 15-
20 daqiqa) bajariladi; tiklovchi yuklamalar jismoniy tarbiya daqiqalari
shaklida va mustaqil mashg‘ulotlarda (15-30 daqiqa), maktabdan
so‘ng sayr, havoda o‘ynash (1-3 soat), serharakat tanaffus (30-60 da-
qiqa), uxlashdan oldingi sayr qilish (20-30 daqiqa).
Rivojlantiradigan yoki quvvatlaydigan yuklamalar jismoniy tarbiya
darslari, mustaqil mashqlar, sport seksiyalari, salomatlik guruhlari
shaklida bajariladi (bitta mashg‘ulot davomiyligi 45-90 daqiqa).
Maqsadga yo‘naltirilgan jismoniy mashqlar (tayyorlov rag‘batlan-
tiruvchi, tiklovchi va rivojlantiruvchi yuklamalar)dan tashqari, jis-
moniy yuklamalar o‘quv va maishiy faoliyat jarayonida ham bajariladi,
hamda ularga tomorqada ishlash, tomoshalar, faol dam olish kabilar
kiradi.
Ikkinchi variant. Rivojlantiruvchi yuklamalarsiz ish kuni. Tayyorlov
va tiklaydigan yuklamalar bunda birinchi variantdagi kabi bajariladi.
Uchinchi variant. Dam olish kuni. Tayyorlov rag‘batlantiruvchi
yuklamalar faqat ertalabki badantarbiya shaklida, tiklovchi yuklamalar
shahar tashqarisidagi faol dam olish ko‘rinishida, rivojlantiruvchi
va quvvatlovchi yuklamalar mustaqil mashqlar, sport seksiyalari,
salomatlik guruhlari, sport musobaqalari shaklida bajariladi.
Bir kun mobaynida rivojlantiruvchi yuklamalar bo‘ladigan 2
shakldagi mashg‘ulotlarda qatnashish tavsiya etilmaydi. Masalan,
jismoniy tarbiya darsiga sport seksiyasidagi mashqni qo‘shish mumkin
emas. Mashq ta’sirini tiklash va o‘zlashtirish uchun yuklamalar
o‘rtasidagi oraliq yetarlicha uzun bo‘lmaydi.
Rivojlantiruvchi va quvvatlovchi yuklamalarga umumiy vaqt
sarfi 4-6 soat, tiklovchi (dam olish kuni shahardan chetga chiqmay),
tayyorlov rag‘batlantiruvchi va faollashtiruvchi yuklamalarga 12 soat
vaqt ketadi.
555
Bir yo‘nalishdagi rivojlantiradigan yoki quvvatlovchi yuklamalar
haftasiga kamida ikki marta takrorlanishi kerak. STE me’yorida
bo‘lgan haftasiga 3-4 marta takrorlanadigan yo‘naltirilgan yuklamada
samaraga erishiladi. 2, 3, 4 martalik yuklamada oraliq taxminan bir xil
bo‘lishi kerak. Masalan, 3 martalik takrorlashda yuklama dushanba,
chorshanba, juma yoki seshanba, payshanba, shanba kunlarida
bajarilishi lozim. Bu tiklanish davrlarining bir tekis bo‘lishi uchun
kerak. Mazkur yuklamaga bioritmlar reaksiyasi ishlanishiga imkon
beradi. Bioritmik reaksiya uchun doimo yuklamalarni kunning
muayyan vaqtida bajarish zarur. Bunda vaqtga nisbatan refleks paydo
bo‘lib, yuklama bilan aloqador bo‘lgan biokimyoviy jarayonlar
reflektori faollashadi. Organizm yuklamaga tayyorgarlik ko‘radi va
mashq samarasi ko‘tariladi hamda yuklamaning bevosita ta’sirida
reflektor faollik bilan jamlanadi.
Yillik sikl, asosan haftalik bloklardan tashkil topadi,-yil fasli va
ob-havo o‘zgarishi bilan jismoniy tarbiya hamda sog‘lomlashtiruvchi
jismoniy tarbiya vositalari o‘zgaradi, biroq yuklamalar barqarorligicha
qoladi.
Kasallik yoki boshqa sabablar bilan bog‘liq jismoniy tarbiya va
sport mashg‘ulotlaridagi tanaffuslarda rivojlantiradigan yuklamalar
hajmini kamaytirish lozim. Ularni asta-sekin shifokor nazorati ostida
amalga oshirish kerak.
Talab va me’yorlar
Shaxsiy o‘rinni aniqlash uchun o‘tkaziladigan qayta musobaqa
musobaqalarning davomi hisoblanib, uning o‘tkazilishi bayonnomasida
aks etishi, ko‘rsatilgan natijalar esa rekordlar sifatida tasdiqlanishi,
shuningdek,, toifa me’yorlarini bajarish uchun hisobga o‘tishi lozim.
Qo‘l sekundomerlaridan foydalaniladigan musobaqalarda barcha
masofalarda vaqt 0,1 sekund aniqlik bilan o‘lchanadi. Yugurish yoki
yurish bo‘yicha masofani tugatgan har bir ishtirokchining vaqti alohida
sekundomer bilan o‘lchanadi, birinchi bo‘lib kelgan ishtirokchi
ko‘rsatgan vaqt uchta vaqt o‘lchovi tomonidan hisobga olinadi.
Ularning sekundomerlari turlicha bo‘lsa, bir xil vaqtni ko‘rsatgan
ikkita sekundomer bergan ma’lumot qabul qilinadi yoki uchala
sekundomerning ko‘rsatmalari turlicha bo‘lgan hollarda “o‘rtacha”
556
vaqt hisobga olinadi. Agar vaqtni faqat ikkita sekundomer o‘lchagan
bo‘lsa (uchunchisi to‘xtab qolgan), pastroq ko‘rsatma qabul qilinadi.
Agar sekundomer mili ikkita bo‘linma orasida to‘xtagan bo‘lsa,
yuqoriroq ko‘rsatma olinadi. Agar sekundomerning yuzdan bir bo‘lagini
ham hisoblaydigan qurilma yoki raqamli indeksastiyasi bo‘lgan
elektron qo‘l sekundomeri qo‘llanilayotgan bo‘lsa, unda sekundomer
ko‘rsatmalari vaqtni kattalashtirib, ya’ni o‘lchami jihatidan kattaroq
bo‘lgan sekundning keyingi undan bir bo‘lagigacha yaxlitlanadi.
Ikkinchi va uchunchi darajali musobaqalarda o‘rta va uzoq
masofalarga yugurirish hamda yurish musobaqalarida sekundomerni
faqat g‘olib uchun to‘xtatib vaqt o‘lchashga ruxsat beriladi, qolgan
ishtirokchilarning vaqtini yo‘l – yo‘lakay sekundomerni to‘xtatmay
o‘lchash mumkin. Ommaviy krosslar va poygalarda masofaning
uzunligi hamda ishtirokchilarning soniga qarab ularni vaqtiga ko‘ra
kattaroq oraliqlarda, masalan: sport toifalari (razryadlari) chegaralarida
qabul qilib olishga ruxsat etiladi.
1000 m undan qisqa masofalarga avtomatlashtirilgan elektron
o‘lchash aparatlaridan foydalanilganda natija 0,01 sekund aniqlik bilan
o‘lchanib hisobgaolinadi. 1000 m dan ortiq masofalarda 0,01 sekund
aniqlik bilan o‘lchangan vaqt 0,1 sekundgacha yaxlitlanadi. Masalan,
20000 m uchun 59,26,32 natija 59,26,4 ko‘rinishida yaxlitlanib
yozilishi kerak.
To‘la yoki qisman stadiondan tashqarida o‘tkazilayotgan 5000 m va
undan ortiq masofalarda vaqt keyingi butun sekundgacha yaxlitlanadi.
Masalan: marafon yugurishida 2:09, 44,32 natija 2:09, 45 ko‘rinishida
yaxlitlanib yozilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |