548
7 – BO‘LIM.
MAKTABDA YENGIL ATLETIKA
MASHGULOTLARI, MUSOBAQALARINI TASHKIL
QILISH VA O‘TKAZISH HAMDA ILMIY-TADQIQOT
YO‘LLARI
I BOB. MAKTABDA YENGIL ATLETIKA
MASHGULOTLARINING XUSUSIYATLARI
Yengil atletika darsining mazmuni umum ta’lim maktabida yengil
atletika bilan shug‘ullantirish dars formasida bo‘ladi. O‘rgatish
etaplari quyidagilardan iborat:
1.Kirish.
2.O‘qitish.
3.Takrorlash.
4. Takomillashtirish.
5.O‘tilgan materiallarni mustahkamlash.
Darsni o‘zlashtirish, bilish, malaka hosil qilish, jismoniy tay-
yorgarlik texnik tayyorgarlik va oxirgisi aralash darslar.
Darslarni
tiplariga qaramay quyidagi qismlarga bo‘linadi 1. Kirish, tayyorlov,
asosiy va yakunlov darsi (asosan dastlabki qismi biriktirilib o‘tiladi).
Kirish qismiga qo‘yiladigan vazifalar: Saflanish, raport, asosiy
vazifani ma’lum qilish. O‘quvchilarni darsga tashkillash.
Tayyorlov qismi: o‘quvchilarni asosiy
vazifani bajarish holatiga
olib kelishdir. Bunda asta sekin yugurish va umuman rivojlantirish
mashq berish asosiy qismda yangi bilim o‘rgatiladi. Bunda yengil
atletika turlari o‘rgatiladi, malaka hosil qilinadi va takomillashtiriladi.
Yakunlov qismida dars yuklamasi pasaytiriladi, o‘tilgan darsga
yakun yasaladi va uyga vazifa beriladi.
45 minutlik dars quyidagicha taqsimlanadi. Kirish qismi 3 minut,
tayyorlov qismi 12 minut, asosiy qismi 25-27 minut, yakunlov qismiga
3 minut vaqt sarflanadi. Darsning asosiy hujjat konspekt hisoblanadi.
Bunda o‘tiladigan dars davomiyligi ifodalangan bo‘ladi.
Yengil atletika mashg‘ulotlarini o‘rgatish,
yugurish, sakrash
va uloqtirishlarni o‘zlashtirish va ularni takomilliga yetkazishga
qaratilgan.
549
5- sinfdan boshlab darslarga yosh yyengil atletkachilar uchun zarur
bo‘lgan fazilatlardan tezkorlikni, kuch va chidamkorlikni rivojlantirish
yordam beruvchi mashqlar kiritiladi.
O‘quvchilar programmasiga muvofiq chuqurroq o‘rganish mashg‘-
ulotlarida qisqa
masofalarga yugurish, o‘rta masofalarga yugurish,
g‘ovlar osha va estafetali yugurish, «hatlab o‘tish» va «peryokidnoy»
usullarida balanddikka sakrash, «oyoqlarni yig‘ib» va «qaychi»
usullarida uzunlikka sakrash texnikalarini o‘rganadilar.
Granata va
nayza hamda yadro otish texnikalarini o‘zlashtirib boradilar.
Dostları ilə paylaş: