Yengil atletika va uni


30mga yugurish (yurib ketayotgan  vaqtda), s 4.3±0.1 4.2±0.1 2



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

1.
30mga yugurish (yurib ketayotgan 
vaqtda), s
4.3±0.1
4.2±0.1
2.
30mga startdan yugurish, s
3.3±0.1
3.2±0.1
3.
200 mga yugurish, s
25.0±0.5
24.5±0.5
4.
1000 mga yugurish, min
3.05.0 ±0.05
2.55.0±0.05
5.
Turgan joydan uch hatlab sakrash, m
7.80±0.2
8.20±0.2
6.
2 kgli yadroni yurgan holda bosh 
orqasidan itqitish, m
16±0.5
16.5±0.5
7.
Yotgan holda tosh ko‘tarish, kg
65±5
70±5
8.
Tosh bilan o‘tirib turish, kg
85±10
100±10
9.
Yadra itqitish (4 kg):
- pastdan oldinga, m
14.5±0.5
15.5±0.5
Bosh ustidan orqaga, m
16±0.5
16.5±0.5


538
26 – jadval
Yettikurashda natijalarga tegishli bo‘lgan 
testlar va yakka tartibdagi turlar

Turi 
Ochkosi
KMS
4800
MS
5500
MSMK
6200
1.
60 m 
8.20
7.80
7.50
2.
100 m
12.90
12.30
11.80
3.
150 m
20.20
19.20
18.20
4.
600 m
1.49.0
1.43.0
1.37.0
5.
5 marta sakrash 
13.00
14.00
15.00
6.
4kg bosh ustidan irg‘itish,m
11.80
12.90
15.20
7.
Yotgan holda gavdani ko‘tarish va tushirish
45
55
70
8.
Turgan joydan 4kg Yadroni itqitish 
9.30
10.40
12.70
9.
Yadro itqitish (3kg)
11.50
12.70
15.00
10.
100 mga g‘ovlar osha yugurish
15.60
14.50
1380
11.
Balandlikka sakrash (m)
1.60
1.70
1.80
12.
Yadro itqitish 
10.50
11.70
14.00
13.
200 m
26.80
25.50
24.50
14.
Uzunlikka sakrash(m)
5.30
5.75
6.20
15.
Nayza uloqtirish
35.00
40.00
45.00
16.
800 m
2.30.00 2.24.00 2.15.00
2.9. Ettikurashchilarning mashg‘ulotlari uslubiyati
Yengil atletikada ko‘pkurash bu shunchaki, yettita yoki o‘nta 
yengil atletika turlarining arifmetik yig‘indisi emas, balki bu – turli 
xil struktura va tezlik – kuchga oid harakatlarning bir butun birligidan 
tashkil topgan mashq turi hisoblanadi, bu turlar o‘zaro ma’lum bir 
aniq o‘tish holatlari (biridan ikkinchiga o‘tish) bilan bog‘lanadi. 
Ko‘pkurashchilarning tayyorlanishida har bir alohida tur boshqa 
turlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, va agar, ushbu o‘zaro bog‘lanishlar 
hisobga olinmasa, u holda har qanday ko‘pkurashchilar ko‘pkurashda 
yuqori natijalarga erishish uchun sezilarli darajada ko‘p vaqt 
sarflanishlariga to‘g‘ri keladi. Ko‘pkurashda zamonaviy natijalar 


539
jadvali tarkibi shunday tuzib chiqiladiki, ya’ni bunda kim har 
tomonlama jismoniy jihatidan yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lsa, 
demak ushbu sportchi eng yuqori ochkoni to‘play olishi mumkin, 
qandaydir mashqlar guruhida yetarlicha darajada tayyorlanmagan 
sportchi muvafaqqiyatga erishishga intilishi qiyin masala hisoblanadi. 
Ko‘pkurashda tayyorgarlik o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, har 
tomonlama katta qiymatdagi yuklamalarga egaligi bilan ajralib turadi, 
shu sababli mashg‘ulotlar rejalari belgilangan vazifalar va yengil 
atletikaning turli xil turlari bo‘yicha tayyorgarlik vositalari bilan 
uyg‘unlikda qarab chiqilishi talab qilinadi. 
Ko‘pkurashchilar sifatlarni rivojlanish asosida, ko‘pkurash 
tarkibiga kiritilgan barcha turlarni sinchiklab o‘rganib chiqishadi. 
Alohida turlar bo‘yicha tayyorgarlik uslublarini muvafaqqiyatli 
birlashtirish uchun ko‘pkurashchilarning mashg‘ulotlari rejasini 
alohida tartibda tuzib chiqish talab qilinadi. Texnikani egallash va 
jismoniy sifatlarni takomillashtirish jarayonida ko‘pkurashchilarda 
iroda sifatlari ham rivojlantiriladi. 
Maxsus iroda sifatlarining rivojlantirilishi vositalarining mu-
rak kablik darajasi doimiy ravishda hajmi va intensivligi ortib bo-
rishi bilan bog‘liq bo‘lib, shuningdek, ko‘pkurashchilarning muso-
baqalarda ishtirok etishi shart – sharoitlaridan kelib chiqadi. Ko‘p-
kurashchilarda iroda sifatlari holat va joylashish joyidan qat’iy 
nazar, har kuni tarbiyalab borilishi talab qilinadi. Ko‘pgina turlarni 
egallashda qiyinchilarni yengib o‘tishning qat’iy rejim asosida 
amalga oshirilishiga amal qilish, charchoq bilan kurasha olish va 
ayniqsa, orqada qoluvchi turlar bo‘yicha mashaqqatli mashg‘ulotlar 
– bu ko‘pkurash bo‘yicha o‘tkaziluvchi ikki kunlik baxslar davomida 
sportchilarda talab qilingan darajadagi yuqori iroda sifatini qaror 
toptirish uchun zaruriy shartlar hisoblanadi.
Ko‘pkurash mashg‘ulotlarida nisbatan o‘ziga xos hisoblangan 
xususiyatlarni tahlil qilish, shuningdek, ularning musobaqalarda 
qilgan chiqishlari natijalarini qarab chiqish yengil atletikachilarda 
qandaydir rivojlanishlardagi ustuvorliklar va alohida turlar bo‘yicha 
va umumiy ko‘pkurash bahslarida to‘plangan ochkolar taqsimotida 
o‘zaro bog‘liqliklar aniqlanishi imkonini beradi. 


540
Yugurish, sakrash va uloqtirish ko‘pkurash turlarida yig‘ilgan 
ochko larning taqsimlanish tavsiflari bilan o‘zaro farqlanuvchi 
ko‘pkurashchilar guruhlarini ajratib ko‘rsatish imkoni yuzaga keladi. 
Jumladan, ko‘p kuzatiluvchi guruhlar quyidagilardan tashkil topadi: 
«universal», «yuguruvchi – sakrovchi», «yuguruvchi», «sakrovchi», 
qolganlari: «sakrovchi – uloqtiruvchi», «yuguruvchi – uloqtiruvchi», 
«uloqtiruvchi» 
va hokazolar.
Yettikurash yo‘nalishada amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari 
ko‘pkurashda «universal» tavsifda tayyorgarlik tizimining ustu-
vorliklarini aniqlash imkonini beradi, bunda yettikurash ushbu «tizim» 
asosida bir butun yagonalik sifatida qarab chiqiladi, uning tarkibini 
tashkil qiluvchi barcha turlar bir xilda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, 
umumiy natija esa – har bir tur bo‘yicha erishilgan natijalarga bir xilda 
bog‘liq hisoblanadi.
«Universal»
tizimning sezilarli darajadagi o‘ziga xos farqlanuvchi 
jihati – bu yettikurashda bosqichlar qayd qilinishi bilan bog‘liq hisob-
lanadi. Bu bosqichlar natijalarning «tenglashtirilishi» va 
«universal 
tayyorgarlik»
deb nomlanadi. Birinchi bosqichning asosiy vazifasi 
– bu yettikurashning barcha turlarida natijalarning tenglashtirilishi 
bilan bog‘liq hisoblanadi. Bu davrda belgilangan vazifalarni hal qilish 
sportchilarga kuchsiz darajada egallangan turlar bo‘yicha orqada 
qolishni bartaraf qilish va yettikurashda 
«universal»
tavsifga ega 
bo‘lish imkonini beradi. Ikkinchi bosqich – bu universal tayyorgarlik 
bosqichi bo‘lib, bunda yettikurashning barcha turlari bo‘yicha 
natijalarni oshirish vazifasini hal qilish masalasi belgilanadi. 
Boshqa turlar bo‘yicha yettikurash mashg‘ulotlari guruhlarini 
tuzib chiqish chuqurlashtirilgan tavsifda individual mashg‘ulotlar 
vositalari bilan tavsiflanadi, agar 
«universal»
yettikurashchilarda 
turlar o‘rtasidagi yuklamalar bir xilda taqsimlangan bo‘lsa, u holda 
boshqa turdagi yettikurashchilarda mashg‘ulotlar yuklamalari hajmi 
kuchli turlar bo‘yicha ustuvorlikda qayd qilinadi. 
Shunday qilib, tayyorgarlikning ikkita bosqichi mavjud bo‘lishi 
(
«tenglashtirish» 
bosqichi va 
«universal»
tayyorgarlik bosqichi), 
mashg‘ulotlar davomida turlarning yettikurash tarkibidagi ko‘rinishda 
qat’iy tartibda ketma – ketlikda joylashtirilishi, yettikurashning 


541
«yagona bitta tur»
sifatida tan olinishi, barcha mashg‘ulotlar 
vositalari hajmining doimiy ortib borishi asosida yuqori kvalifikatsiya 
darajasidagi yettikurashchilarni tarbiyalashning optimal shart – 
sharoitlarini yaratadi. 
Ko‘pkurashchilarda doimiy ravishda darajasi oshirib borilishi talab 
qilinuvchi sifatlar – kuch, tezkorlik, chidamlilik faqat,-yil davomida, 
bir necha-yillar davomida ushbu sifatlarning rivojlantirib borilishi 
asosida ta’minlanishi mumkin. 
Ko‘pkurashda shug‘ullanish asosida ko‘pkurash tarkibiga kiriti-
luvchi turlarning o‘zaro bir – biriga ta’siri haqida, bitta mashqning 
ikkinchisini tarkibiy jihatdan to‘ldirishi, bir – biriga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatishi, qandaydir turlarning esa mustaqil tur sifatida o‘rin tutishi 
va bevosita asosiy tur sifatida mashg‘ulotlarni amalga oshirishni talab 
qilishi haqida bilishlari talab etiladi. Masalan, favqulodda darajada 
katta qiymatdagi yugurish dasturlarining bajarilishi uloqtirish turiga 
nisbatan salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Yuqori natijalarga erishish imkonini beruvchi darajani qo‘lga kiritish 
uchun doimiy ravishda maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirishga 
e’tibor qaratilishi talab qilinadi. Ko‘pkurash tarkibida bu vazifa bir 
vatqning o‘zida boshqa bir uncha murakkab bo‘lmagan vazifa – 
ya’ni, silliq tarzda yugurish texnikasi bilan birgalikda va shuningdek,, 
harakatlar strukturasi va asosiy namoyon bo‘luvchi jismoniy sifatlar 
bo‘yicha bir – biridan farqlanuvchi yana beshta yengil atletika turlari 
bilan birgalikda bajarilishi talab qilinadi. Shu sababli, yettikurashda 
jismoniy sifatlarni rivojlantish uchun asosan, yettikurash tarkibiga 
kiritiluvchi asosiy mashqlarning strukturasi bo‘yicha o‘xshash 
hisoblangan, tezlik – kuchga oid maxsus mashqlardan foydalanish 
talab qilinadi. 
Kvalifikatsiyaga ega bo‘lgan ettikurashchilarning mashq qilgan-
lik struktura tarkibining omillarga oid tahlil qilinishi natijasida 
aniqlanishicha, yettikurashchilarning tayyorgarligining asosiy ko‘r-
sat 
kichi – sportchilarning umumiy kompleks holatdagi mashq 
qilganlik darajasi hisoblanishi qayd qilinadi. Ushbu tadqiqotlarda 
ko‘rsatib o‘tilishicha, yettikurashda yuqori natijalarga erishish barcha 
jismoniy sifatlarning yuqori darajagacha rivojlantirilishiga erishishsiz 


542
va barcha turlar bo‘yicha takomillashgan texnikani o‘zlashtirishsiz 
amalga oshirilishi mumkin emas, shu sababli ko‘pkurashchilarning 
mashg‘ulotlari kompleks tavsifga ega hisoblanadi.
Biroq, aynan kompleks tavsifga ega bo‘lish, jismoniy sifatlar 
rivoj lantirilishida ziddiyatli holatni yuzaga keltiruvchi asosiy sabab-
lardan biri hisoblanib, ya’ni jismoniy sifatlardan birining favqu lodda 
darajada rivojlantirilishi boshqa birining holati yomon 
lashishiga 
sabab bo‘ladi. Masalan, mashg‘ulotlar vositalaridan foydalanishda 
ko‘pkurashchilarda quyidagi natijalarga erishish uchun talab qilinuvchi 
nisbatlarni topish qiyin masala hisoblanadi:

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin