544
ko‘proq e’tibor berilib, mashg‘ulotga beshkurashning
hamma turlarini
kiritish va hokazolardan iborat.
Ayollar ettikurashida sprintcha tayyorgarlik muhim rol o‘ynaydi,
ammo beshkurashdagi hozirgi zamon yutuqlari ettikurashning hamma
turlarida yuqori natija ko‘rsatish talab qiladi.
Mashg‘ulotning asosiy vazifalari:
1. Yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrash va yadro itqitish
texnikasini egallash.
2. G‘ovlar osha 80 m ga 200 m ga yugurish texnikasini hamda
tezlikni yaxshilash.
3.
Umumiy jismoniy tayyorgarlikni, ayniqsa, harakat tezkorligini,
umumiy chidamlilikni, asosiy muskullar kuchini va tos-son bo‘g‘ini-
dagi harakatchanlikni oshirish.
4. Qisqa masofalarga yugurish, sakrash va yadro itqitishga taa’lluqli
bo‘lgan muskullar kuchini rivojlantirish.
5. Ma’naviy va irodaviy fazilatlarni oshirish.
6. Nazariy tayyorgarlik ko‘rish.
Mashg‘ulotning tayyorlov davrida
shug‘ullanish sharoitiga,
sportchining yoshiga va tayyorgarligiga qarab mashg‘ulotlar haftada
4-5 marta o‘tkazilishi mumkin.
Qishki mashg‘ulotning asosiy vositalari: yettikurash turlari, yugu-
rish,
sakrash va akrobatik mashqlar, to‘ldirma to‘plar, og‘irliklar bilan
mashq bajarish, sport o‘yinlari, krosslar va h.k.
Og‘irliklar bilan mashq bajarishda ayollar organizmi ayrim
xususiyat larga ega, shuning uchun mashg‘ulot davomida ularga alohi-
da e’tibor berilishi zarur.
Oylik sikl oxiriga 2-3 kun qolganda va undan keyin 2-3
kungacha
og‘irliklar va sakrash mashqlarining yuklamasini pasaytirish kerak.
Kuzgi-qishki mashg‘ulot bosqichining boshida kuch va tezkor-
likni rivojlantirishga va harakatlarni boshqara olishini yaxshilashga
ko‘proq e’tibor beriladi. Ko‘pkurash turlari bilan esa faqat mashq
ko‘rganlikni saqlab qolish uchungina shug‘ullanish kerak.
Boshqara olish qobiliyatini yaxshilash va umumiy chidamlilikni
oshirish uchun mashg‘ulotlarning qiziq o‘tishiga
yordam beruvchi
sport o‘yinlaridan ko‘proq foydalanish darkor.
545
Sportchi ayollarning asosiy vazifasi beshkurash turlari texnikasini
muttasil ravishda takomillashtirish hisoblanadi. Shuning uchun har bir
turdagi ko‘pgina maxsus mashqlardan juda ko‘p foydalanish kerak.
Tayyorlov davrida mana bunday sxemadagi haftalik sikl qo‘llani-
lishi ham mumkin.
1-kun – kuch tayyorgarligi va o‘zgaruvchan yugurish.
2-kun – ettikurashning birinchi kunidagi turlarni takomillashtirish
va yugurish tayyorgarligi.
3-kun – uzunlikka sakrash va yugurish
texnikalarini takomillash-
tirish.
4-kun – dam olish.
5-kun – birinchi kundagilar takrorlanadi.
6-kun – qoloq turlarni takomillashtirish, kross yoki o‘zgaruvchan
yugurish.
7-kun (yakshanba) – dam olish.
Iloji bo‘lsa bir kunda ikki mashg‘ulot o‘tkazish ettikurash turlarini
texnikaviy jihatdan yaxshiroq takomillashtirishga ko‘proq yordam
beradi. Bu davrdagi krosslar mashg‘ulotdan keyin kuchni tiklashga
yordam beradi. Krosslar asosan 15-20 minut davom etadi.
Dostları ilə paylaş: