550
rejalashtirish texnologiyasida xatolar borligidan dalolat beradi. Bu
xatolarni uchta zvenodan qidirish kerak bo‘ladi. Birinchi navbatda
rejalashtirish davrida barcha noqulay omillar hisobga olinganligi yoki
olinmaganligini tekshirib ko‘rish lozim. Ikkinchi navbatda pedagogik
ta’sir tizimi taftish qilinadi. Agar bu yerda ham kamchiliklar topilmasa
pedagogik vazifalarning amaliyligi baholanadi.
Agar xatolar birinchi zvenodan topilsa va aynan yana shular
natijalarning bajarilmasligiga sabab bulganligiga o‘qituvchi qat’iy
ishonsa, zarur choralar ko‘riladi va boshqa zvenolar tekshirilmaydi.
Odatda o‘qituvchi faoliyatining birinchi-yillarida rejalashtirish
texnologiyasining turli operastiyalarida yo‘l qo‘yilgan ko‘zga
tashlanib turmaydigan xatolar umumlashgan holda ishning natijasiga
jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun yosh o‘qituvchilar o‘zining
barcha faoliyatini doimiy tahlil qilishlari. O”zlari
uchun talabchan
qozi bo‘lishlari kerak. Bu kelajakda muvaffakiyat garovidir.
Rejalashtirish yakuniy hisobga olish bilan tugallanadi. Hisobga
olish natijasida olingan ma’lumotlar kelgusi stikl (darslar seriyasi,
o‘quv choragi, o‘quv-yili)ni rejalashtirish uchun asos qilib olinadi.
Dostları ilə paylaş: