560
II BOB. YENGIL ATLETIKA MUSOBAQALARINI
O‘TKAZISH VA TASHKIL QILISH
Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni tayyorlash va o‘tkazishda
bosh kotib hamda kotibiyat ishlarini tashkillashtirish va o‘tkazish ko‘p
vaqt, kuch va muayyan harakatlarni talab qiladi.
Shu sababli ushbu bob talabalar hamda yosh hakamlarning
musobaqalarga hakamlik qilish masalalariga doir bilimlarni egallashi
va ularga o‘z vaqtida hozirlik ko‘rishi uchun juda qulay.
Bobda bosh kotib faoliyatining juda muhim holatlari ko‘rsatilgan
va ular musobaqa jarayonida ko‘p xatoliklarni bartaraf etishga
yordam beradi. Bu degani har bir sportchi
hakamlik qila oladi degani
emas. Buning uchun ko‘plab musobaqalarda ishtirok etish va kerakli
ko‘nikma va tajribalarni orttirish zarur bo‘ladi.
Bobda kotibiyat ishini tayyorlash va tashkil qilish, hakamlik
usuliyoti masalalarini ko‘rib
chiqishga harakat qilindi, hujjatlarni
rasmiylashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Vazifalar
-Musobaqalarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan barcha materiallar
va hujjatlarni tayyorlash;
-Musobaqa ishtirokchilari ko‘rsatgan natijalarga tezkor
ravishda
ishlov berish, ularni tizimlashtirish va shaxsiy hamda jamoa
birinchiliklarida g‘oliblarni aniqlash;
-Natijalar va jamoaviy bellashuvlarning borishi to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni ishtirokchilar,
jamoalarning vakillari, matbuot hamda
tomoshabinlar e’tiboriga o‘z vaqtida yetkazish;
-Rasmiy materiallarni bosib chiqarish (texnik hisobot).
Tuzilishi
Kotibiyat ishiga bosh kotib rahbarlik qiladi. U kotibiyat
hakamlarining o‘zaro,
shuningdek,, kotibiyat hamda hakamlar
hay’atlari va xizmatlari orasidagi hujjatlar aylanishi bilan bog‘liq
barcha hatti-harakatlari izchilligini belgilaydi, o‘tkazilayotgan
muayyan bir musobaqada hujjatlar aylanishining axborotlar oqimi
umumiy sxemasi asosidagi sxemasini ishlab chiqadi.
561
Kotibiyat faoliyati sxemasini ishlab chiqishda hujjatlar ro‘yxati va
axborot turlarini belgilab olish, ularni turli toifadagi foydalanuvchilarga
etkazib berish usullari va vositalarini aniqlash zarur.
- ishtirokchilarga – jamoa vakillari orqali;
- hakamlar hay’atiga –
bevosita kotibiyat orqali;
- matbuot vakillariga – matbuot markazi yoki kotibiyat orqali;
- tomoshabinlarga – axborot xizmati orqali.
Har bir musobaqada kotibiyat faoliyatining tuzilishi va texnologiyasi
uning darajasi hamda texnik jihozlanganligiga ko‘ra aniqlanadi.
Kotibiyat faoliyati shartli ravishda uch asosiy bosqichga bo‘linadi:
-musobaqalarga
tayyorlanish;
-bevosita musobaqalarnio‘tkazish;
-texnik hisobotni rasmiylashtirib, topshirish.
Dostları ilə paylaş: