557
Ushbu dasturning o‘quv materiali barcha yoshdagi o‘quvchilar
guruhlariga mo‘ljallangan. Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhida (11-12
yosh) asosiy e’tibor salomatlikni mustahkamlashga, har tomonlama
jismoniy tayyorlikka, koordinatsion qobiliyatlar (chaqqonlik),
tezkorlikni, egiluvchanlikni hamda chidamlilikni rivojlantirishga
qaratiladi.
O‘smirlik (13-14 yosh) guruhidagi yosh yengil atletikachilarni
keyinchalik har tomonlama jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi
bo‘yicha shug‘ullanadilar, ular iqtidoriga qarab yengil atletikaning
chidamlilik, tezkorlik yoki kuch talab etiladigan turlariga yo‘naltiriladi.
“Umid nihollari” musobaqalarining Tuman, shahar, viloyat bosqichlari
va boshqa o‘tkaziladigan musobaqalarda qatnashadilar.
Kichik o‘spirinlar (15-16 yosh) guruhi har tomonlama jismoniy
tayyorgarlik va rivojlantirishni takomillashtirishni davom ettiradi,
va alohida yo‘naltirilgan turlar bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashadi.
Masalan: qisqa masofalarga yugurish, sakrash va uloqtirish turlari.
Shuningdek, «Alpomish» va «Barchinoy» test me’yorlari bo‘yicha
tayyorgarlik ko‘radilar va topshiradilar.
Umumiy tayyorgarlik davri: mashg‘ulotlarning umumiy
tayyor-
garlik davrida o‘quvchilarini jismoniy sifatlarini va harakat ko‘nikma
va malakalarini shakllantirishga katta e’tibor berish zarur.
Maxsus tayyorgarlik davri: bu davrga kelib o‘quvchilarni yengil
atletika turlariga yo‘naltirish, turlar bo‘yicha jismoniy sifatlarini
takomillashtirish, texnik xatti harakatlarini rivojlantirish, turli toifadagi
musobaqalarda ishtirokini ta’minlash va maqsadga muvofiq ravishda
rejalashtirish lozim.
Mashg‘ulot davrlarining muayyan muddatlariga musobaqalar
taqvimi jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Mashg‘ulot jarayoni musobaqalar
muddatini hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak. Musobaqalar
taqvimining tuzilishi musobaqalar davrlarining qurilishiga ayniqsa
ta’sir qiladi, lekin qisman mashg‘ulotning boshqa
davrlari davomiyligini
cheklaydi. Ikkinchi tomondan, sport taqvimi mashg‘ulot jarayonining
ob’yektiv zarur tarzda davrlashtirilganligidan kelib chiqib tuzilishi
lozim, musobaqalarning ma’lum ravishda guruhlanishi shuning
bilan
izohlanadi.
558
Musobaqa davri: musobaqa davrining bosh maqsadi mas’uliyatli
musobaqalar oldindan rejalashtirilgan muddatlarida eng yuqori sport
natijalariga erishishga olib kelish.
Musobaqa davrida mashg‘ulotlarning asosiy vazifalari.
1. Tanlangan turlardan kelib chiqib jismoniy sifatlarini hamda
axloqiy-irodaviy fazilatlarini yanada rivojlantirish.
2. Sport texnikasi ko‘nikmalarini mustahkamlash va ularni
takomillashtirish.
3. Ishlab chiqilgan taktikani o‘zlashtirish va musobaqa tajribasini
egallash.
4. UJT va maxsus qo‘yilgan “poydevor”ni erishilgan darajada tutib
turish, yetarlicha tayyorgarlik ko‘rmaganlarda bu darajani yana ham
oshirish.
5. Nazariy bilimlar darajasini oshirish
va musobaqa qoidalari bilan
tanishtirib borish.
Bu davrda jismoniy tayyorgarlik darajasini ko‘tarish, yanada
yuqori sport natijalariga erishishga, sport formasini saqlashga intilish
kerak. Mashg‘ulotlar yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni hal
qilish bilan
birga sportchining musobaqalarda har hafta oxiridagi tekshiruvlarda
ishtirok etishini ham ko‘zda tutadigan haftalik sikllar asosida tashkil
etiladi. Muhimi, bu davrda musobaqalar tayyorgarlikning eng asosiy
vositalaridan biri bo‘lishi kerak..
O‘tish davri: o‘tish davrining vazifasi – umumiy va maxsus jis-
moniy
tayyorgarlikni, erishilgan texnik tayyorgarlik darajasini keyingi
tayyorgarlik davrigacha turli aktiv va passiv dam olish usullari
yordamida ushlab turish.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik va maxsus jismoniy tayyorgarlik
bo‘yicha mashg‘ulotlar
jarayonida, bolalarga jismoniy tarbiya
darslarida tanish bo‘lgan vositalardan va boshqa sport turidagi (futbol,
basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi) vositalardan hamda harakatli o‘yinlar,
gimnastika, akrobatika va turli estafetali o‘yinlardan foydalaniladi.
Instruktorlik amaliyoti o‘smirlar va kichik yoshdagi o‘smirlar
guruhidan boshlab o‘tkaziladi. Instruktorlik malakalarini maxsus
mashg‘ulotlarda va o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida oladilar.
To‘garaklarda shug‘ullanuvchilarni saflantirish, asosiy buyruqlarni
559
berish, mashg‘ulotga tayyorgarlik kabi mashqlarni tanlay olishlari
kerak. Instruktorlik va hakamlik vazifalari o‘quv-mashg‘ulotlarida
takomillashtiriladi. Hakamlik tajribasi maktab ichki musobaqalarida
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: