536
Mart va aprel oylari funksional jihatdan tayyorgarlik darajasini
oshirishga bag‘ishlanadi. Bunda asosiy diqqat – e’tibor kuch sifatlari,
umumiy va maxsus chidamlilikni rivojlantirishga qaratiladi. Texnik
tayyorgarlik bo‘yicha to‘siqlar osha yugurish, nayza uloqtirish va
balandlikka sakrashga urg‘u beriladi. Aprel oyi va may oyining
boshlarida mashg‘ulotlar jarayoni yugurish
tezligi va tezlikka oid
chidamlilikning rivojlantirilishiga yo‘naltiriladi. Tezlik – kuchga oid
imkoniyatlar rivojlantirilishga sezilarli o‘rin ajratiladi. Texnik jihatdan
tayyorgarlikda nayza uloqtirish va uzunlikka sakrashga alohida e’tibor
berish afzal deb topiladi.
May oyining oxiri va iyun oyida musobaqa davri bo‘yicha sport
formasini rivojlantirish amalga oshiriladi. Asosiy maqsad – tezlik
sifati va tezlikka oid chidamlilik darajasining
maksimal holatiga
erishishga qaratiladi. Texnik mahoratning takomillashtirilishi barcha
turlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Iyun va avgust oylarida musobaqa
davri bo‘yicha kulminatsion davr qayd qilinadi.
Bunda sportchilar o‘z imkoniyatlarini musobaqalar sharoitida
ro‘yobga chiqarishlari imkoniyati yuzaga keltiriladi. O‘tish davri
sentyabr yoki oktyabr oylariga to‘g‘ri keladi (3 – 4 hafta) va bu davr
faol holatda dam olish tavsifiga ega hisoblanadi. Bu davrning maqsadi
– sportchilar organizmini oldinda turgan yangi mashg‘ulotlar stikliga
tayyorlashdan tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: