532
bajarilishi intensivligi keskin ortadi. Foydalaniluvchi mashg‘ulotlar
vositalari tavsiflari asosiy musobaqa mashqlariga maksimal darajada
yaqinlashtiriladi.
Har bir yoshga oid guruhlarda yettikurash bilan shug‘ulla-
nuvchilarning erishuvchi sport darajalari quyidagilardan tashkil
topadi: qizlar uchun (16 – 17 yosh) – I razryad uchun belgilangan
normativlarni bajarish; ayollar uchun (18 – 19 yosh) –
sport ustasi
nomzodi uchun belgilangan normativlarni bajarish.
Bu bosqichning maqsadi: sportchilar organizmining funksional
potensialini oshirish va ko‘pkurash tarkibiga kiritiluvchi yengil atletika
turlar bo‘yicha texnik mahoratni shakllantirishdan tashkil topadi.
Bu bosqichning vazifalari: ko‘pkurash turlarida texnikani takomil-
lashtirish; maxsus kuchga oid tayyorgarlik va maxsus chidamlilik
darajasini oshirish;
yugurish tezligini oshirish; ma’naviy – axloqiy
va iroda sifatlari darajasini oshirish; musobaqa amaliyoti tajribasini
egallashdan tashkil topadi.
Yillik stiklda ko‘pkurashchilarning mashg‘ulotlar va
musobaqa
yuklamalari parametrlari 22 – jadvalda keltirilgan.
Yuqorida sanab o‘tilgan musobaqa yuklamalari hajmini o‘zlash-
tirish rejalashtirilgan natijalarga erishish va shuningdek,, sportga oid
takomillashish bosqichida nisbatan yuqori intensivlikdagi katta
hajmga
ega bo‘lgan yuklamalarni bajarishga qiynalmasdan o‘tish imkonini
beradi. Bu bosqichda mashg‘ulotlar jarayonining muvafaqiyatli amalga
oshirilishi haqida jismoniy tayyorgarlikni baholash uchun belgilangan
nazorat normativlarini bajarish bo‘yicha xulosalar chiqarish mumkin.
Bu davr kuch va tezlik – kuch sifatlarining rivojlantirilishi uchun
qulay hisoblanadi. Bunda shtanga va boshqa og‘irlik
yuklamalari bilan
bajariluvchi mashqlardan keng foydalaniladi.