600
bo‘yicha ta’lim oluvchi deyarli barcha sportchilar foydalanuvchi
usul), «hatlab o‘tish» usuli (balandlikka sakrashda boshlang‘ich
o‘rganish davrida foydalaniluvchi, nisbatan oddiy usul) va «oshib
o‘tish» usuli (XX asrning 1980-yillarida foydalanilgan usul)
kabilar
ko‘rsatib o‘tiladi.
Bosqichlar
– taxminan 192 metrga teng bo‘lgan yugurish uzunligi
masofasini anglatadi. Masofaga yugurish bosqichi – bu eramizgacha
776-yilda Qadimiy Gretsiyada bosqichlar bo‘yicha
yugurish yengil
atletikaning turlaridan biri hisoblangan. Ushbu atama (stadiya) asosida
«stadion» so‘zi kelib chiqqan.
Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichi
–
yengil atletikada sport-
chilarning ko‘p-yillik tayyorgarligi tarkibida boshlang‘ich bosqichdan
tashkil topgan bo‘lib, uning maqsadi –
bolalarning yengil atletika
sport turi bo‘yicha har tomonlama jismoniy va texnik jihatdan
tayyorgarligidan tashkil topadi, shundan keyingina tur guruhlari
bo‘yicha saralash ixtisoslashtirilishini amalga oshirish mumkin.
Mashq qiluvchilarning yoshi 10 – 14 yosh oralig‘ini tashkil qiladi. Bu
bosqichda sportchilar o‘smirlik razryadiga ega bo‘lishlari mumkin.
Boshlang‘ich ixtisoslashtirilish bosqichi
–
yengil atletikada
sportchilarning ko‘p-yillik tayyorgarligida bosqichlardan biri bo‘lib,
uning maqsadi – yengil atletika tur guruhlarida sportchilarning har
tomonlama tayyorlanishi va asta – sekin alohida turlar bo‘yicha
nisbatan tor doiradagi ixtisoslashtirishga o‘tkazilishi bilan belgilanadi.
Bunda mashq qiluvchilarning yoshi 13 – 15 yoshni tashkil qiladi.
Bu
bosqichda sportchilar III, II, I razryadlar uchun belgilangan
me’yorlarni (normativ) bajarishadi.
G‘ov
– har bir yo‘lakda o‘rtantiluvchi to‘siq ko‘rinishidagi holat
hisoblanib, yuqorigi plankasiga oyoq tekkan holatda yiqilishi mumkin.
Uning ko‘rsatkichlari: balandligi masofa va
sportchilarning jinsiga
bog‘liq holatda, 76,2 sm dan 106,7 sm gacha belgilanadi, to‘siqning
umumiy og‘irligi qiymati 10 kg dan ortiq bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: