Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə307/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Uch hatlab sakrash 

 
gorizontal holatdagi yengil atlektika sakrash 
turi bo‘lib, quyidagi ketma – ketlikda uchta hatlab sakrash asosida 
uzunlik masofasini zabt etishga qaratiladi: jumladan, «sаpchish» 
(bitta oyoqda itarilib sakrash va o‘sha oyoqda yerga tushish), «qadam 
tashlash» (bitta oyoqda tiralib ko‘tarilish va boshqasida yerga tushish), 
«sakrash» (itarilib sakrash va handaqdagi qumga tushish) fazalaridan 
tashkil topadi. 
Yengil atletikada uloqtirish fazalari 

 
yengil atlektikada uloq-
tirishni amalga oshirish ketma – ketligidan tashkil topgan bo‘lib, o‘z 
tarkibiga harakatlarning quyidagi tarkibiy qismlarini qamrab oladi: 
jumladan snaryadni tutib turish va tezlik olishga tayyorlanish; zarb 
olish (snaryadning tezlik olishi); marra holatidagi kuchlanish va 
tormozlanish; snaryadning qo‘yib yuborilishi va uchish. 
Yengil atletikada sakrash fazalari 
– yengil atlektikada sakrash-
ning bajarilish ketma – ketligi bo‘lib, o‘z tarkibiga yugurish va itarilib 
sakrashga tayyorlanish (yugurishda harakatlarning boshlanishidan 
tiralish orqali itarilishda oyoqning tiralish sohasiga qo‘yilishigacha), 
tiralib itarilish (tiralish oyog‘ining tegishli joyga qo‘yilishi lahzasidan 
yerdan tiralib itarilish va uzilish lahzasigacha), uchish (tiralib itarilish 
oyog‘ining yerdan uzilishi lahzasidan yerga tushish sohasiga tegish 
lahzasigacha) va yerga tushish (yerga tushish sohasiga tegish lahzasidan 


610
tananing harakatlanishining to‘liq holatda tugallanishigacha) fazalarni 
qamrab oladi. 
Spriterlik yugurish fazalari 
– yugurishning boshlanishi (start), 
start yugurishi, masofa bo‘ylab yugurish, marrani kesib o‘tishdan 
tash kil topadi. 
Falstart 

 
yengil atletika turlarida belgilangan qoidalarning buzi-
lishi bo‘lib, bunda startni bajarishda buzilish (start berilmasdan 
yugurishni boshlash), startyor buyrug‘idan oldin yoki start reaksiyasi 
ko‘rsatilmasdan oldin sportchining 0,1 sekunddan kam bo‘lgan vaqt 
davomida harakatni boshlashi (sprinterlik va to‘siqlar osha yugurishda) 
kabilar ko‘rsatib o‘tiladi. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin