211
Bu davrning boshida kross tekisroq joylarda, keyinchalik esa past-
baland joylarda ko‘proq o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotlar jadalligi asta sekin oshirib boriladi.
Bahorda barcha mashg‘ulotlar ochiq havoda o‘tkaziladi (trenirovka
mashg‘ulotlarining ko‘pchilik qismini o‘rmonda, bog‘larda o‘tkazgan
maqul).
Mashg‘ulotning bahorgi bosqichida trenirovka vositalarining haj-
mi asta-sekin kamayadi, ammo yugurish jadalligi oshadi (takroriy va
o‘zgaruvchan metod bilan).
Shuningdek,, kantrol yugurish o‘tkazib yuguruvchining mashq
ko‘r ganlik darajasi aniqlanadi,
Mashg‘ulotlar ochiq joyga ko‘chgandan keyin yuguruvchilar har
xil to‘siqlardan “odimlab”, sakrab “bosib”, g‘ov osharcha odimlab
o‘tadigan bo‘ladilar. Umumiy va maxsus chidamlilikni o‘stirish uchun
bitta mashg‘ulotda yugurib o‘tiladigan masofalarning umumiy yig‘indisi
asosiy masofadan 1,5 – 2 barobar, hatto undan ham ortiqroq bo‘la di.
Dostları ilə paylaş: