Jihozlar va dasturiy vositalar:
kompyuter, Microsoft Word. Microsoft
Word hujjatlarida siz uch xil ro‘yxatni tashkil qilishingiz mumkin:
1. raqamli - har bir xatboshining boshida uning ro‘yxat bo‘yicha raqami
belgilanadi. Bu raqam arab va rim raqamlari, lotin alifbosining ramzlari va ba'zi
murakkab iboralar, masalan, birinchi, ikkinchi va boshqalar bo‘lishi mumkin;
2. markerli - har bir paragraf boshida ma'lum bir belgi qo‘yiladi, masalan, ●,
- va hokazo;
3. ko‘p darajali (ichma-ich) - har bir xatboshining boshida, uning ro‘yxatdagi
darajasiga qarab, yoki marker yoki raqam o‘rnatilishi mumkin.
Jadvallar ko‘pincha hujjatlashtirilgan matn, raqamlar va grafiklarni
joylashtirish uchun ishlatiladi. Boshqa dizayn variantlari uchun, masalan: matnni
bir necha ustunga joylashtirish uchun jadvaldan foydalanish qulay.
Jadvalni yaratish uchun foydalanamiz:
Jadval gorizontal qatorlar va vertikal ustunlardan iborat bo‘lib, ularning
kesishgan qismi katak deyiladi. Katak hajmini o‘zgartirish jadvallar xossalari
yordamida amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun kursorni jadval ichiga
qo‘yib, sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib ochilgan konteksli menyudan
“Jadval holatini”
tanlaymiz.
Yuqoridagi oynadan katak satrida satrlar balandligi, ustunlar kengligi,
hajmini o‘zgartirish imkoniyatiga ega. Jadval ustunlaridagi ma'lumotlarni saralash
uchun saralash kerak bo‘lgan matn qismini tanlang. Kataklarni birlashtirish uchun
kataklar guruhini belgilang va
Макет—Объединить ячейки
bandini tanlaymiz.
Natijada belgilangan kataklar birlashib bir butun katak hosil bo‘ladi.
Kataklarni ajratish uchun kataklar guruhini belgilang va
Dostları ilə paylaş: |