Topshiriqli loyihani saqlash Topshiriqli web-sahifalarga oʻzgartirishlar kiritib boʻlmaydi. Shu
sababli, topshiriq loyihasini saqlash zarur. Buni ixtiyoriy vaqtda bajarish
mumkin:
✓
topshiriq
va
testlarni
yaratishni,
hamda
konfiguratsiya sozlanishlarini tugalagandan soʻng;
✓
yaratilgan web-sahifani koʻrgandan keyin;
✓
dasturdan chiqishda.
Loyiha fayli standart usulda saqlanadi:
Файл menyusining
Сохранить yoki
Сохранить как menyu ostlari yoki
anjomlar panelining mos tugmalari yordamida
Beshta dasturning har biri uchun loyiha fayli oʻz kengaytmasi va
piktogrammasiga ega.
Izoh. The Masher dasturi yordamida bir darsga birlashtirilgan topshiriqlar loyihasi fayli The Masher dasturi piktogrammasi bilan belgilanadi va oʻz kengaytmasiga ega. Topshiriq yoki test Piktogramma Fayl nomi kengaytmasi JQuiz
Viktorina (koʻp tanlovli javob)
*.jqz JCloze
Boʻshliqlarni toʻldirish
*.jcl JCross
Krossvord
*.jcw JMix
Ketma-ketlikni tiklash
*.jmx JMatch
Moslik oʻrnatish
*.jmt The
Masher
Anjomlar
*.jms 11-rasm
Sahifalar va loyihalar fayllarida oson harakatlanish uchun berilganlar
fayli va sahifa fayllariga bir xil nom berib, loyihalar faylini yaratilgan
sahifalar bilan birga bitta papkada saqlash tavsiya qilinadi.
Topshiriqlarni chop qilish Barcha topshiriqlarni chop qilish mumkin. dasturdan chop qilish uchun
Файл menyusida
Экспорт на печать punkti tanlanadi. Barcha zarur axborot almashinuv
buferida matn koʻrinishida saqlanadi. Soʻngra ixtiyoriy matn redaktorini ishga
tushirib, buferdan qoʻyishni amalga oshirish mumkin. barcha topshiriqlar va testlar
javoblari bilan birga chop qilinadi.
12-rasm
Krossvord web-brauzerdan chop qilish uchun maxsus yaratilgan web-
sahifa koʻrinishida chop qilinadi.