JClose
dasturi yordamida yaratilgan topshiriqlar koʻrsatilmaganda(
по
умолчанию
) HTML-sahifa koʻrinishida saqlanganda oʻquvchi ismini soʻrovchi kod
qoʻshib qoʻyadi. Shunchaki bu kodni oʻchirib
tashlash uchun topshiriq
konfigurasiyasi muloqotida CGI qoʻyilmasiga kiring va
Отправить результаты
по e-mail
satridan bayroqchani olib qoʻying.
25-rasm
Hot
Potatoes dasturining
JQuiz
dasturida to‘rt xil turdagi sinov mashqlarini
tashkil qilishi mumkin: alternativ,
qisqa javobni yozish, gibrid (qisqa javobning
savoli bir necha urinishlardan so‘ng alternativ savol ko‘rinishiga keladi), multi
tanlovli(bunda ta’lim oluvchi berilgan variantlardan bir nechtasini to‘g‘ri deb tanlab
olishi mumkin).
Alternativ
sinov mashqida ta’lim oluvchi
javob variantlaridan birini
tanlaganida quyidagi holat yuz beradi. Agar javob to‘g‘ri bo‘lsa, :-) (smayl) aks
holda X belgisi chiqadi. Shu bilan birga ta’lim oluvchi berilgan javob nima uchun
to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida izohni ko‘rishi mumkin. Agar javob noto‘g‘ri
berilgan bo‘lsa, ta’lim oluvchi to‘g‘ri javobni topgunicha tanlashda davom etadi.
Baholash albatta mos ravishda urinish sonlariga nisbatan belgilanadi. Ta’lim oluvchi
to‘g‘ri javob berishi bilan bahosi belgilanadi. Lekin dastur ta’lim oluvchi to‘plagan
bahosini yo‘qotmagan holda, qolgan alternativ javoblarning izohlari bilan ham
tanishib chiqish imkonini beradi. Buning uchun alternativ javoblar tugmasini bosish
kerak bo‘ladi. Bu imkoniyat ta’lim oluvchida alternativ
fikrlashni rivojlantirib,
Yechim variantlarini taqqoslash va baholash ko‘nikmasini shakllantiradi.[2.B.105]
Savol quyidagi ko’rinishda tuziladi.Multi tanlovli topshiriq turida ikki va
undan ortiq to’g’ri javob varianti beriladi.
26-rasm
27-rasm. 28-rasm.
JQuiz ning
qisqa
javobni yozish sinov mashqi ko‘rinishida esa, ta’lim oluvchi
javobni yozishi kerak bo‘ladi (3-rasm). Bunda ta’lim
oluvchi Hint tugmasidan
foydalanishi mumkin. Bu tugma so‘zni tashkil etuvchi harflarini bittadan ko‘rsatib,
yordam berish vazifasini o‘taydi. Bunda baholash mos ravishda murojaatlar soniga
bog‘liq bo‘ladi. Sinov mashqining bu shakli so‘zlarni yodda tutishga undash bilan
birgalikda, uni orfografik xatosiz yozishni o‘rgatadi.