Ijaraga olingan korxona mulki.
Ishlab chiqarilgan mahsulot, olingan
daromadlar va ijaraga olingan korxona mablag’i hisobidan qo’lga
kiritilgan boshqa mol-mulk shu korxona kollektivining mulkidir. Ijaraga
olingan korxona mehnat kollektivi ahzolarining kollektiv ishlarini idora
qilishda ishtirok etish hamda foyda (daromad)ni taqsimlash tartibi va
shartlari O’zbekiston Respublikasining ijara to’g’risidagi Qonuni asosida
belgilanadi.
Kollektiv korxonasining mulki.
Kollektiv korxonasining mulki davlat
korxonasining butun mol-mulki mehnat kollektivi ahzolarining mulkiga
o’tgan, ijaraga olingan mol-mulk sotib olingan yoki qonunda ko’zda
tutilgan boshqa usullar bilan mol-mulk qo’lga kiritilgan taqdirda vujudga
keladi. Kollektiv korxonasining mol-mulki, shu jumladan ishlab
chiqarilgan mahsulot va olingan daromadlar kollektivning umumiy
mulkidir. Kollektiv korxonasining mol-mulki tarkibida uning xodimlari
qo’shgan hissalar belgilab qo’yiladi. Bunday hissa tarkibiga xodimlarning
kollektiv korxonasi vujudga kelishiga asos bo’lgan davlat korxonasi yoki
ijaraga olingan korxona mulkiga qo’shgan umumiy summasi, shuningdek
mazkur korxona vujudga keltirilganidan keyin xodim korxona mol-mulkini
ko’’aytirishga qo’shgan ulushlari kiradi
Xususiy mulk – bir shaxsga jumladan, tadbirkorga qarashli
bo’lib, yollanma mehnatga asoslangan holda daromad olishga
qaratilgan mulkdir.
Bu yerda mulk egasi bilan tadbirkorni bir xil qarash
kerak emas. Mulk egasi o’z mulkini o’zi yuritishi ham mumkin, uni
tadbirkorga ijaraga berishi ham mumkin. Agar mulk egasi o’z mulkini
o’zi yuritsa, u bir vaqtning o’zida ham mulk egasi ham tadbirkor sifatida
namoyon bo’ladi.
|