Mulkchilik pdf



Yüklə 444,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix05.12.2023
ölçüsü444,95 Kb.
#172608
1   2   3   4   5
mulkchilik

davlat mulki, jamoa 
mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk

Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni, 
avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab 
chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog’liq. shu bilan birga 
mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy 
mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining yetuklik 
darajasi bilan mos kelishi zarur.



Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat 
ixtiyorida bo’lgan mulk obhektlaridan iborat.
Davlat mulki asosan 
ikki yo’l bilan hosil bo’ladi:

1) xususiy mol-mulkning milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o’tkazilishi;

2) davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli 
korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish.



Jamoa mulki – muayyan maqsad yo’lida o’zlarida bo’lgan ishlab 
chiqarish vositalarini umumlashtirib jamoaga birlashgan kishilar 
tomonidan moddiy va mahnaviy boyliklarni hamjihatlik bilan 
o’zlashtirishni bildiradi.
Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi 
sotib olishi, badal to’lab korxona qurishi, aktsiya chiqarib, ularni sotish 
kabi yo’llar orqali ‘aydo bo’ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati 
shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim 
shaxslar emas, balki mahlum guruh, kishilar egalik qiladi. Jamoa mulkiga 
koo’erativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aktsiyadorlar 
jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va 
diniy tashkilotlarning mulki kiradi



Oilaviy mulk. 
Oila ahzolarining mulki oilaviy mulkdir. Bu mulk oila 
ahzolarining ehtiyojlarini qondirish, uy-ro’zg’or va yordamchi xo’jalikni 
yuritish uchun hamda daromad olish maqsadida qonunda ruxsat 
berilgan, o’zga faoliyat uchun kerakli ishlab chiqarish vositalarini va 
istehmol buyumlarini, yaratilgan mahsulotlarni o’z ichiga olishi mumkin.



Mahalla mulki. 
Ijtimoiy o’z-o’zini boshqarishning boshlang’ich 
bo’g’inlari — mahallalar egalik qiladigan, foydalaniladigan va tasarruf 
etadigan mol-mulk, mahalla aholisining birgalikdagi mehnat faoliyati 
yoki ularning mushtarak daromadlari, shuningdek mazkur mol-mulkdan 
xo’jalik maqsadlarida foydalanishdan kelgan tushumlar, yuridik va 
jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, moddiy va xayriya yo’sinidagi 
yordamlari, xalq de’utatlari mahalliy Sovetlari beradigan moddiy va 
moliyaviy resurslar asosida vujudga keltirilgan mol-mulkdan iborat.




Yüklə 444,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin