Interfaol usullardan foydalanish


Interfaol metod texnologiyasi



Yüklə 296,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix05.12.2023
ölçüsü296,19 Kb.
#172800
növüУрок
1   2   3
ona-tili-va-o-qish-savodxonligi-darslarida-innovatsion-va-interfaol-usullardan-foydalanish

Interfaol metod texnologiyasi.
O'quvchilarning ijodkorligiga tayanish
darsda erkin bahs-munozara sharoitini tug’dirish. Buning uchun sinf kichik 
guruhlarga bo'linadi va dars davomida shu guruhlar bilan ishlanadi. 
5. 
Didaktik oyinlar texnologiyasi
. Dars jarayonida turli didaktik o'yinlarni 
qo'llash va ular orqali darsda jonlanish, faol harakat va qiziqish uyg’otish. 
6. 
Sinov darslari
. Yangi pedagogik texnologiya asosida dars o'tish shakllari va 
usullarini o'zgartirib, ularni xilma-xil qilib, oqituvchi oquvchini oquv jarayonining 
faol qatnashchisiga aylantiradi. 
O’qituvchi va o'quvchining hamkorlikdagi faoliyati bu darsni interfaol darsga 
aylantiradi. O'qitishning yangi interfaol shakllari – ta'lim-tarbiya masalalarini unumli 
yechishga, o'quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan o'quv 
mashg’ulotlarini takomillashtirish yo'llaridan biri. Xorijiy davlatlar tajribasida 


“Interpretation and researches”
International scientific journal volume 1 issue 1 
69 
sinovdan o'tgan bu metod ya'ni interfaol metodga ko'ra darslar bir necha bosqichga 
bo'linadi: Ular chaqiriq, aqliy hujum, anglash, fikrlash kabi bosqichlardir. 
1. Chaqiriq bosqichi. Bu bosqichda oaquvchilarni faollashtirish, mavzuning 
mazmun – mohiyatiga kirib borish, uni his etish, anglab yetish jarayoniga tayyorlash 
kabi maqsadlar ko’zda tutiladi. Bunda o’qituvchi tomonidan berilgan savollarga 
javob berish jarayonidao’quvchilar o’zaro fikr almashadi. 
2. Aqliy hujum bosqichi. Bu usul darsning boshlanishida yoki istalgan joyida 
qo’llanishi mumkin bo’lib, u muamoni o’z g’oyalari, fikrlarini aytish yo’li bilan hal 
qilishdan iborat. Masalan, o’qituvchi sinf taxtasiga til so’zini yozadi va 
o’quvchilardan “Ushbu so’z sizlarda qanday tassavvur hosil qildi yoki shu so’zni 
yana qaday talqin qilsa bo’ladi?” – deb so’raydi. O’qituvchi o’quvchilar tomonidan 
bildirilgan fikrlarni sinf taxtasiga quyidagi tartibda yozib borishi mumkin: 
O’quvchilarning fikrlari noto’g’ri deb topilmasligi lozim aksincha, o’qituvchi iloji 
boricha o’quvchilarga yordam berishi noto’g’ri fikr aytib qo’yishdan cho’chimaslikka 
da’vat qilishi, oxirida esa bildirilgan fikrlarning har birini o’qituvchi tahlil qilib 
berishi kerak. Sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etishda, o’quvchiga 
o’qiladigan materiallarni 1 hafta oldin tavsiya etsa, o’quvchi dam oladigan shanba
yakshanba kunlarida bekor qolmaydi. Albatta, bunda ota-ona nazorati o’ta muhim. . 
3. Anglash bosqichi. Bu bosqichda aqliy hujum bosqichidagi mavzuga oid bahs-
munozara natijasida yuzaga kelgan xulosaviy fikrlar eshitilib, o'qituvchi tomonidan 
yangi fikrlar bilan to'ldiriladi. Savol-javoblar orqali mavzu mustahkamlanadi. 
Ta'limda innovatsion metodlarni qo'llashdan asosiy maqsad – o'qituvchining o'z 
pedagogik xazinasini qayta ko'rib chiqishiga yordamlashish, yanada yuqori sifatli 
metodik yo'nalishga intilishini hosil qilish, kelgusi o`ylar, izlanishlar, tajribalarga 
undashdir. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Khodjamkulov, U., Makhmudov, K., & Shofkorov, A. (2020). The Issue of 
Spiritual and Patriotic Education of Young Generation in the Scientific, Political and 
Literary Heritage of Central Asian Thinkers. International Journal of Psychosocial 
Rehabilitation. 
2. Til va adabiyot ta’limi ( O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligining 
ilmiy metodik jurnali). 2008 yil 1-son. 3-6 b 
3. Xalq Ta’limi jurnali 2015 yil 5- son. 36 b 
4. Til va adabiyot ta’limi 2019 yil 1- son 16 b 

Yüklə 296,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin