Gimnastika sport turi bo’yicha musobaqalar o’tkazish va
hakamlik qilish.
Reja:
1. Musobaqalarning ahamiyati.
2. Musobaqaga tayyorgarlik ko'rish va uni o‘tkazish.
3. Gimnastikada hakamlik qilish
Xulosa.
Adabiyotlar ro’yxati.
1. Musobaqalarning ahamiyati.
Gimnastika musobaqalari
— o‘quv-mashg‘ulot jarayonining
tarkibiy qismidir. Ular talaba (sportchi)Iarning gimnastikadan
tayyorgarligini tekshirishning asosiy usuli. Musobaqalar muayyan bir
o‘quv davri uchun (chorak, semestr, yarim yillik, butun o‘quv yili)
o'quv ishiga aniq va obyektiv ravishda yakun yasashga yordam beradi.
’
'
Shuningdek, ular musobaqa qatnashchilarining axloqiy- irodaviy
tayyorgarligini tekshirishning samarali vositasi boMib xizmat qiladi va
jamoada uyushqoqlik va intizomlik hissini rivojlan- tiradi va
shuningdek, iroda va jasoratni tarbiyalashga yordam beradi.
Musobaqada u yoki bu tashkilot qatnashchilarining ko'rsatgan nati-
jalariga qarab, o‘quv-mashg‘ulot jarayonining kelajakdagi yo‘na- lishi
belgilanadi, o‘quv-mashg‘ulot ishining usuliga o'zgartirishlar kiritiladi.
"
"
Bundan tashqari, musobaqalar eng yaxshi ko‘rgazmali tashvi- qot
vositasidir. Namunali tashkil qilingan va tantanali o'tkazilgan
musobaqalarni qatnashchilar ham, tomoshabinlar ham uzoq vaqt eslab
qolishadi. Musobaqalar gimnastikaning yoshlar o'rtasida keng
tarqalishiga va ulaming gimnastika sho'balari, sport klublarining
mashg‘u!otlariga doimo qatnashib yurishlariga jalb etadi.
Dostları ilə paylaş: |