60
6. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bir qismini o’zi urug’lik, yem –
xashak, oziq – ovqat sifatida imte’mol qiladi.
7. Qishloq xo’jaligi mahulotlarining ko’p turlarini uzoq saqlash murakkab.
8. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlari noelastik hisoblanadi. Buning natijasida
qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talab ham noelastik bo’ladi. Ko’plab rivojlangan
davlatlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlaraning narxga nisbatan elastiklik koeffitsienti 0,2-
0,25 ni tashkil etadi. Bu degani qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabni 10 foiz
oshirish (qishloq xo’jaligi mahsulotlari xaridini 10 foizga ko’paytirsh) uchun ularni narxini
40-50 foizga tushirish kerak degani.
9. Ishlab chiqarishning fond bilan ta’minlanish darajasining yuqoriligi. Mablag’larning
aylanishi tezligi juda sekin yuz beradi. Bu qishloq xo’jaligini investorlar uchun
jozibadorligini pasaytiradi.
10. Qishloq xo’jaligida juda ko’plab bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi
korxonalarning mavjudligi. Bu xususiyat natijasida qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorida
erkin raqobat muhiti yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: