70 9-BOB. AGROSANOAT MAJMUASINING MEHNAT RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH 9.1. Mehnat, mehnat resurslari tushunchasi, uning mohiyati va tarkibi 9.2. Mehnat resurslaridan foydalanish ko’rsatkichlari 9.3. Mehnat unumdorligi va uni hisoblash usullari 9.4.Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligini oshirish yo’nalishlari 9.1. Mehnat, mehnat resurslari tushunchasi, uning mohiyati va tarkibi Ishlab chiqarish jarayonining zaruriy qismi mehnatdir. Mehnat insonga xos xususiyat.
Insonning jismoniy va aqliy faoliyati mehnat hisoblanadi. Ishni traktorlar, mashinalar,
ishchi hayvonlar bajarishi mumkin. Mehnat esa faqat ongli faoliyat natijasidir. Ishlab
chiqarishning samaradorligi ko’p jihatdan mehnatning holatiga bog’liq.
Iqtisodiy fan “mehnat resurslari”, “iqtisodiy faol aholi”, “iqtisodiyotda band bo’lgan
aholi” kabi tushunchalarni bir biridan farqlaydi. Bu tushunchalar mohiyati va o’lchami
bo’yicha bir-biridan farq qiladi. Mehnat resurslari miqdoriy jihatdan iqtisodiy faol va
iqtisodiyotda band bo’lgan aholiga nisbatan katta. Iqtisodiy faol aholi esa iqtisodiyotda band
bo’lgan aholidan miqdor jihatdan katta.
Nafaqa yoshidagilar va mehnat qilish qobiliyatiga ega o’smirlar ham aholining
kattagana qismini tashkil etadi. Lekin jamiyat uchun faol mehnat resurslari 16 yoshdan 55
yoshgacha bo’lgan ayollar va 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar hisoblanadi.
Iqtisodiy fan shu mehnat resurslaridan eng faoli bo’lganlarni, ya’ni 22 yoshdan 33
yoshgacha bo’lgan kishilarni alohida o’rganadi.
Qishloq xo’jaligi korxonalari mehnat resurslari asosiy va yordamchi guruhlarga
bo’linadi. Asosiy mehnat resurslariga 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar, 16 yoshdan
60 yoshgacha bo’lgan erkaklar, yordamchi mehnat resurslarga 14-16 yoshdagi o’smirlar va
nafaqa yoshidagi ayol va erkaklar kiradi. Ulardan asosan qishloq xo’jaligi yilining ayrim
davrlarida foydalaniladi.
Qishloq xo’jaligi mehnat resurslaridan foydalanish shu tarmoqning o’ziga xos
xususiyatidan kelib chiqadi.
1.
Eng avvalo qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi mavsumiy xarakterga ega. Natijada
ishlab chiqarish xususiyatidan kelib chiqib, yilning ayrim davrlarida mehnat resurslarining
bo’sh qolish holati yuz beradi.
2.
Qishloq xo’jaligida yer asosiy vosita bo’lganligi uchun ishlab chiqarishni
joylashtirish, ixtisoslashishni tanlashga ta’sir qiladi.
3.
Qishloq xo’jaligi mehnat resurslari nisbatan past malakaga ega. Ularning bir
yerdan ikkinchi yerga ko’chib o’tish darajalari ham juda past. Bu muammo ham ular bor
joyda ishlab chiqarishni, turli xizmat turlarini imkoni boricha maksimal darajada tashkil
etishni talab qiladi.