Uzbek Scholar Journal Volume- 10, Nov., 2022 www.uzbekscholar.com 512 | P a g e
bo`ldi. Bu infeksiya insoniyat tarixida XXI asrning balosi bo`ldi desak, olimlar unga ham antivirus
preparatini ishlab chiqishdi. Lekin u paytgacha qancha insonlar virus qurboni bo`lishdi. Ba`zilar virusni
yuqtirib yondosh kasalligi bilan vafot etgan bo`lsa, ba`zilar virusni yuqtirmasada o`z vahimasi
–
o`z
qo`rquvi bilan vafot etdi. Insonlar o`z xotirjamligini yo`qotishdi! Mashxur alloma
–
butun jahonga
tanilgan, “Al qonun fit
-
tib” asarining muallifi Abu Ali ibn Sino
:
“ Xotirjamlik –
yarim sog`lik, sabr esa
shifoning boshalnishi”,
-deb aytib o`tgan edilar. Darhaqiqat, sabr ham bo`lmasa, hech qanday natijaga
erishib bo`lmaydi. Inson biron bir darga chalindimi, individual salbiy emotsiyaga berilmasdan , unga
shifo
–
davo yo`lini izlab topa bilishi kerak. Chunki bu dard ham Yaratgan tomonidan berilgan uning
hayot so`qmoqlaridagi bir sino
vi hisoblanadi. Xalqimiz : “ Dardini bergan shifosini ham, albatta, beradi”
-
deyishadi. Bu fikr ko`p bora o`z tasdig`ini topgan. Lekin bu degani shifosini shunday berib qo`yadi,
degani emas. Inson o`z ong va tafakkurini ishlatgan holda kasallikni yengish chorasini qidirishi kerak.
Harakatsiz hech bir ish qilib bo`lmaydi. Yurgan daryo
–
o`tirgan bo`yra!
Ruhiy kasallikda bemor voqealikni toʻgʻri idrok etolmaydi, shu jihatdan ruhiy kasallik ichki
kasalliklardan farq qiladi. Ruhiy kasallikning sabablari xilma-xil, bular orasida irsiy omil (nayel) asosiy
oʻrin tutadi. Mas, oligofreniya, psixopatiya, maniakal
-depressiv psixoz, epilepsiya va shizofrenshttt kelib
chiqishida kishining nasl-
nasabi muqim rol oʻynaydi. Ruhiy kasallikning paydo boʻlishi va avj olishiga
infeksion kasalliklar, bosh miyaning shikastlanishi, intoksikatsiya, ruhiy iztiroblar ham sabab boʻlishi
mumkin. Onaning homiladorlik paytida kasallanishi yoki shikastlanishi sababli homilaning zararlanishi
bolaning ruhiy rivo
jlanishdan orqada qolishiga, epilepsiya va boshqa ruhiy oʻzgarishlarga olib keladi.
Surunkali alkogolizm va narkomaniya ham bora-bora kishini Ruhiy kasallikga olib borishi mumkin.
Ruhiy kasallikning vujudga kelishida kasallikka sabab boʻladigan omillardan tashqari, kishining oʻziga
xos xususiyatlari, uning ilgari boshidan kechirgan kasalliklari (mas, miya shikastlanishi, alkogoldan
zaharlanish, ichki aʼzolar kasalliklari, naslida ruhiy kasallik borligi va boshqalar) ham ahamiyatga ega.