95
2.3. Betonning o‘z-o‘zini kuchlantirishni aniqlash uslubi
Beton va temirbeton asosiy konstruksion materiallar hisoblanadi va qurilish
konstruksiyalarining jahon ishlab chiqarishining umumiy tuzilmasida yetakchi
o‘rinlarni egallaydi. Shuning uchun ularning qurilish-texnik tavsiflarini yaxshilash
respublika iqtisodiyotini jadal rivojlantirish sharoitida qurilish samaradorligini
oshirishda alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Beton va temirbetonni rivojlantirish va
takomillashtirish yo‘nalishlaridan biri konstruksiyalarning ishonchliligini,
chidamliligi va tejamkorligini ta’minlovchi yangi avlod betonlarini ishlab chiqish va
qo‘llanish hisoblanadi.
Temirbetonning qurilish-texnik xossalarini yaxshilashning muhim zaxirasi
dolzarb muammoni – betonda tuzilma nuqsonlarini va o‘tkazish, cho‘kish
hodisalarini bartaraf etish yoki iloji boricha kamaytirish hisoblanadi. Cho‘kish
deformatsiyalarini betonning cho‘zilishiga mustahkamligi past bo‘lishi bilan
qo‘shilib, konstruksiyalarda yoriqlar paydo bo‘lishiga olib keladi, ularning
deformativligini oshiradi, chidamliligini pasaytiradi. Cho‘kishning salbiy oqibatlarini
kamaytirishning an’anaviy yo‘llari juda murakkab va har doim ham samarali
bo‘lavermaydi.
Cho‘kishning salbiy oqibatlarini bartaraf etishning va beton hamda
temirbetonning qurilish-texnik xossalarini yaxshilashning eng istiqbolli yo‘li
kuchlantiruvchi sementning (KS) qo‘llanilishi hisoblanadi. Puxtaligi yuqori bo‘lishi,
yorilishga bardoshligi,
singdirmasligi va qattiqlashayotganda kengayib
temirbetonning o‘zini kuchlantirish (oldindan kuchlantirish)
qobiliyati
kuchlantirilgan sementli betonlardan turli xil qurilish sohalarida ayniqsa quruq issiq
iqlim sharoitlarida foydalanishning samaradorligini belgilab beradi.
Kuchlantiruvchi sement uchun sement toshining nisbatan katta
mustahkamligida kengayishi qobiliyatining mavjudligi xosdir. Bu kengayishi
erkinligini armirlash bilan cheklashda uning o‘zini kuchlantirish ta’minlanadi. KS
ning bu qobiliyati uni boshqa, hajmi faqat qattiqlashning dastlabki muddatlarida,
sement toshining mustahkamligi hali uncha kata bo‘lmaganda, kengayuvchi
sementlaridan farq qildiradi. KS ning ancha kengayishi qotgandan keyin va 10,0 ÷
15,0 MBa mustahkamlikka erishgandan so‘ng yuz beradi. Bunday mustahkamlikda
kengayuvchi sement toshi beton ichiga qo‘yilgan armaturani, uning joylashishi va
96
oriyentatsiyasiga bog‘liq bo‘lmagan holda cho‘zadi, bu bilan betonda hajmiy siqilish
vujudga keltiriladi.
Shuning uchun betonning kengayishi hisobiga temirbetonni oldindan
kuchlantirish (o‘zini kuchlantirish) ayniqsa egri chiziqli konturga ega konstruksiyalar
uchun shuningdek ikki va uch o‘qli dastlabki kuchlantirish zarur bo‘lganda, bu
kuchlantirishni mexanik yo‘l bilan amalgi oshirish qiyin va ko‘pincha amalda
mumkin bo‘lmaganda ayniqsa samaralidir.
KS dagi betonlarning muhim xossasi ularning yuqori darajadagi suv, gaz va
benzin singdirmasligi hisoblanadi. Bundan tashqari, ular issiqlik ishlovidan keyin
ham, portland-sementga nisbatan 28 sutka me’yorida saqlangandan keyin ham
mustahkamligining yanada jadal o‘sishi Bilan tavsiflanadi.
Hozirgi vaqtda KS ning texnik xossalari va sinash usullari NIIJB (TBITI) da
ishlab chiqilgan TU 5334-072-02495336-98
da tartibga solingan.
KS
mustahkamligiga ko‘ra ikki markada ishlab chiqariladi: 400 va 500 va kengayish
energiyasiga ko‘ra ikki markada: NS-20 va NS -40 ishlab chiqariladi. KS bu turlari
4x4x16 sm o‘lchamli standart namunalarning mos holda 2,0 va 4,0 MBa o‘zini
kuchlantirish bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, asosan cho‘kish xodisalarini
qoplash uchun mo‘ljallangan, kengayish energiyasi kichik bo‘lgan NS -10
chiqariladi.
KMK
2.03.01
-96 “Beton va temirbetonkonstruksiyalari”da o‘zini
kuchlantirish bo‘yicha quyidagi markadagi kuchlantiruvchi betonni qo‘llanishi
ko‘zda tutilgan: Sp 0,6; Sp 0,8; Sp 1; Sp 1,2; Sp 1,5; Sp 2; Sp 3; Sp 4; (raqamlar
o‘zini kuchlantirish kattaligi MPa da ko‘rsatadi).
Kuchlantiruvchi betonga nisbatan qo‘yiladigan talablarga bog‘liq holda o‘zini
kuchlantirishni – beton markasini o‘zini kuchlantirish bo‘yicha nazorat qilish amalga
oshiriladi. Kuchlantiruvchi betonning o‘zini kuchlantirish betonning hisob qilingan
o‘zini kuchlantirshini va armatura kuchlanishini ta’minlash maqsadida betonning
tarkibini tanlashda va sifatini nazorat qilishda aniqlanadi.
Betonning o‘zini kuchlantirishi R
bsn
prizmalarining bo‘ylama armirlanishiga 1:
miqdorida ekvivalent bo‘lgan, betonning kengayishi jarayonida deformatsiyalarning
elastik cheklanishlarini vujudga keltiruvchi, qolipga solingan va dinamometrik
konduktorlarda qattiqlashuvchi (qotuvchi),
o‘lchamlari 100x100x400 yoki
97
50x50x200 mm bo‘lgan (fraksiyasi 20 mm dan ortiq bo‘lmagan shag‘aldan
foydalanilganda) uchta nazorat namuna – prizmalar bo‘yicha aniqlanadi.
Sinovlar uchun quyidagi jihozlar qo‘llaniladi:
-
o‘lchamlari 50x50x200 yoki 100x100x400 mm bo‘lgan namuna prizma uchun
dinamometrik konduktor (2.7, 2.8 - rasmlar);
Dostları ilə paylaş: |