beqaror, irodasi kuchsiz bo‘lib,
tashqi va tasodifiy vaziyatlar ta’siri ostida tez-tez o‘zgarib turadi, his-
tuyg‘ulari kuchli bo‘lib, buning natijasida qobiliyati shunchalik tez
pasayadi.
0 ‘rta guruh yoshdagi bolalarda zarur bo‘lgan nutq malakalarini
shakllantirish ko‘p martda takrorlashni talab etadi (masalan: aniq
tovush talaffuzini tarbiyalashda, nutq ma’lum bir grammatik shakl-
dagi so‘zdan foydalanishda, surat asosida tasviriy hikoya tuzishda,
she’r yod oldirishda). Har bir takrorlangan material bolalarda qizi-
qish uyg‘otishi va diqqatini o‘ziga tortishi kerak. Nutqni o‘stirish
mashg‘ulo larida bolaning o‘zi gapiradi, tarbiyachining tushuntirish-
lari va o‘rtoqlarining javoblarini tinglaydi. Lekin to‘rt yoshli bolalar
da biror mavzuda hikoya qilib berish yoki tengdoshlarining nutqini
tinglash qobiliyati endigina shakllanib borayotgan bo‘ladi. Bu xu-
susiyatlami tarbiyachi har doim mashg‘ulotlami rejalashtirishda, uni
o‘tkazishda hisobga olishi shart.
3. Mashg* ulotlarning tarbiyaviy va emotsional xususiyati. Nutqni o‘stirish mashg'ulotlarida, shuningdek, mashg‘ulotning boshqa
turlarida bolalarga ta’lim berib boriladi. Nutq faoliyatining mazmuni,
tilning tuzilishi, shuningdek, mashg‘ulotni tashkil etish va uning qay
tarzda o‘tkazilishi bolalar tarbiyasiga ta’sir etadi. Bolalarda bilishga
bo‘lgan qiziqishni materialning qiziqarli bo‘lishi bilangina emas, balki
mashg‘ulotning ijobiy-emotsional tarzda tashkil etilishi o‘stirib bo
riladi. 0 ‘rta guruh yoshidagi bolalar tashabbuskor bo‘ladilar, tarbiya
chining savollariga javob berishga juda shoshiladilar va buning nati
jasida xatoga yo‘l qo‘yadilar: agar tarbiyachi bolani maqtasa, undan
juda minnatdor bo‘ladilar va aksincha, agarda tarbiyachi bolaning
xulqidan yoki savolga bergan javobidan xursand emasligini aytsa,