12
5.
Kadrlar
malakasini
oshirish
va
ularni
qayta
tayyorlash
(mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash va chuqurlashtirish);
6.
Maktabdan tashqari ta’lim (madaniy estetik, ilmiy, tehnikaviy, sport va
boshqa yo‘nalishlardagi ta’lim).
1998 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida Respublika oliy ta’lim muassasalarida
bir bosqichli diplomli mutaxassislar tayyorlanib kelingan, 1994 yildan e’tibor Oliy
ta’lim ikki bosqichli tizimi bakalavriatura va magistratura bo‘yicha kadrlar
tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tizim 1997 yilda qabul qilingan «Ta’lim
to‘g‘risida» gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida amalga
oshirilmoqda.
O‘zbekiston respublikasi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari qaysi vazirlik
yoki idora tasarrufida bo‘lishidan qat’iy nazar ularning o‘quv-uslubiy
faoliyati
O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilib
nazorat qilinib boriladi.
Oliy ta’limning maqsadi O‘zbekiston yuksak rivojlangan demokratik
mamlakatlar darajasida ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish
bilan ta’minlay oladigan, yuksak ma’naviy , madaniy va ahloqiy fazilatlarga ega
yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar yetishtirishdir.
Oliy ta’limning asosiy vazifalari quyidagilar:
13
-
davlat ta’lim standartlariga muvofiq ilg‘or, zamonaviy ta’lim va kasb-hunar
dasturlari asosida yuqori samarali o‘qitishni tashkil qilish va malakali kadrlar
yetishtirishni ta’minlash;
-
mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishi istiqbollari,
jamiyat talablariga
binoan fan, texnika, ilg‘or texnologiya, iqtisodiyot va madaniyatning
zamonaviy yutuqlari asosida kadrlar o‘qitishni tashkil qilish va uning
uslublarini muntazam takomillashtirish;
-
yoshlarni milliy tiklanish mafkurasi va umuminsoniy qadriyatlarni bilish
asosida, mustaqillik g‘oyalari, Vatan, oila, tabiatga mehr va insonparvarlik
ruhida
tarbiyalash;
-
o‘quv amaliyotiga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini kiritish,
o‘qitishni shakllashtirish va masofaviy vositalar bilan ta’minlash;
-
ta’lim, fan va ishlab chiqarish birlashuvining amaliy tizimlarini ishlab chiqish
va amaliyotga kiritish;
-
ilmiy-pedagogik kadrlar va talabalarning ilmiy tadqiqotlari va ijodiy
faoliyatlari orqali fan, texnika va texnologiyani rivojlantirish;
-
davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish asosida ta’lim
xizmatlari bozorida raqobatli muhitni shakllantirish;
-
oliy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish va ular mustaqilligini
kengaytirish; ta’sischilar, va’siylar, jamoat kuzatuv
kengashlari shaklida
yangi jamoat boshqaruvini kiritish;
-
oliy ta’lim sohasida yuksak rivojlangan mamlakatlar bilan o‘zaro foydali
hamkorlikni rivojlantirish.
Oliy ta’lim tizimi quyidagilardan iborat:
-
davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim va kasbiy-ta’lim dasturlarini
amalga oshiruvchi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari;
-
oliy ta’lim rivojlanishiga zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-
pedagogik muassasalar;
-
ta’limni boshqarish davlat idoralari,hamda
ular tasarrufidagi korxona ,
muassasa va tashkilotlar.
Oliy ta’lim muassasalari mutaxassislar tayyorlashni «Oliy ta’lim yo‘nalishlari
va ixtisosliklari klassifikatori» ga muvofiq amalga oshiradi.
Davlat ta’lim muassasalarida tayyorlanadigan ta’lim yo‘nalishlari va
ixtisosliklari ro‘yxatini faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy
qiladi.
Oliy ta’lim muassasalari tomonidan ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklarining
ro‘yxati ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi marketing rivojlanishi bilan aniqlab
boriladi va mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda, davriy qayta ko‘rib
turiladi.
14
O‘zbekiston Respbulikasida oliy ta’lim muassasalarning quyidagi turlari joriy
etiladi: universitet, akademiya, institut.
Universitet:
-
bilim sohalari va bilim berish yo‘nalishlarining keng qamrovi bo‘yicha oliy
va undan keyingi ta’lim turlari dasturlarini amalga
oshiradi;
-
oliy ta’lim muassasalari turli iqtisodiy
sohalar mutaxassislari , kasb-hunar
kollejlari va akademik litseylar, pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish amaliyotini bajaradi;
-
fanlar keng qamrovi bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boradi;
-
bilimlarning tegishli sohalari bo‘yicha ilmiy va uslubiy markaz bo‘ladi.
Akademiya:
-
muayyan bilim sohalari va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha oliy va
undan keyingi ta’limlarning kasbiy ta’lim dasturlarini amalga oshiradi;
-
ma’lum sohalar uchun oliy malakali kadrlar qayta tayyorlash va malakasini
oshirish bilan shug‘ullanadi;
-
fan,madaniyat,san’at sohalari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar
bajaradi;
-
o‘z faoliyati sohasida yetakchi ilmiy va uslubiy markaz bo‘ladi
Institut :
-
odatda, bilimlarning bir sohasi doirasida oliy va undan keyingi ta’limlarning
kasbiy ta’lim dasturlarini amalga oshiradi;
-
xalq xo‘jaligining ma’lum sohalari uchun mutaxassislarni qayta tayyorlash
va malakasini oshirishni amalga oshiradi;
-
amaliy va shuningdek fundamental ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
Oliy ta’lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy
ma’lumot tug‘risidagi xujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga
ega.
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan,
o‘qish muddati kamida 4 yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida 2 yil
davom etadigan oliy ta’limdir.
Respublika qishloq va suv xo‘jaligi uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash
Toshkent Davlat agrar unversitetida, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya,
Samarqand qishloq xo‘jaligi va Andijon qishloq xo‘jaligi
institutlarida amalga
oshiriladi.
Barcha Oliy ta’lim muassalari ma’muriy tomondan qaysi vazirlik yoki idoraga
bo‘ysinishidan qat’iy nazar O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
uslubiy boshqaruvi va nazoratida bo‘ladi.