Ilovalar 1-илова Таълим тўғрисидаги қонун O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 29.08.1997 y. N 464-I TA`LIM TO`G`RISIDA I. UMUMIY QOIDALAR 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu qonun fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o`rgatishning huquqiy
asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitusiyaviy
huquqini ta'minlashga qaratilgan.
2-modda. Ta'lim to`g`risidagi qonun hujjatlari Ta'lim to`g`risidagi qonun hujjatlari ushbu qonundan hamda boshqa qonun
hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog`iston
Respublikasida
ta'lim
sohasidagi
munosabatlar
Qoraqalpog`iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Agar O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ta'lim to`g`risidagi
qonun hujjatlaridagidan o`zgacha qoidalar belgilangan bo`lsa, xalqaro shartnoma
qoidalari qo`llaniladi.
3-modda. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari Ta'lim o`zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon
qilinadi.
Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
ta'limning uzluksizligi va izchilligi;
umumiy o`rta, shuningdek o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi;
o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo`nalishini: akademik liseyda yoki kasb-hunar
kollejida o`qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;
ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
bilimli bo`lishni va iste'dodni rag`batlantirish;
ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg`unlashtirish.