Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari



Yüklə 4,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/129
tarix05.12.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#173560
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   129
Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qurilmalari

ARO’
 
Кuch
 
Analog 
preselektor
 
SRIBni 
bajaradigan 
qurilma
 


213
 14.3. Oraliq chastota bo‘yicha SRIBli qabul qilgich tuzilmasi
Oraliq chastota bo‘yicha SRIBli qabul qilgich tuzilmasi 14.2- rasmda 
keltirilgan. 
14.2-rasm. Oraliq chastota bo‘yicha SRIBli qabul qilgich tuzilmasi
Oraliq chastota bo‘yicha SRIBli qabul qilgichlar supergeterodinli turga kiradi 
va to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgartirishli qabul qilgichlarga qaraganda qator afzalliklarga 
ega: 
− 
katta chastotalar diapazonida ishlash imkoniyati; 
− 
butun diapzondagi yaxshi tanlovchanlik; 
− 
yaxshi sezgirlik. 
Bunday turdagi qabul qilgichlar qat’iy texnik talablar qo‘yiladigan 
professional aloqa apparaturalarida ishlatiladi.
Supergeterodinli qabul qilgichlarining kamchiliklari nisbatan yuqori energiya 
iste’moli va analog elementlarning ishlatilishi tufayli katta o‘lchamlari kiradi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgartirishli qabul qilgichlar afzalliklariga kam energiya 
iste’moli, barcha elementlarni kichik portativ qurilmaga (ideal holda bitta 
mikrosxema korpusida) joylashtirish imkoniyati kiradi. Lekin tanlovchanlik
sezgirlik va dinamik diapazon bo‘yicha bu qurilmalar supergeterodinli qabul 
qilgichlarga yutqazadi. 


214
Bir necha o‘nlab megagerslardan ortiq bo‘lgan chastotalardagi signallarga 
ishlov berishda zamonaviy ARO‘larning tezligi Kotelnikov teoremasiga muvofiq 
klassik diskretlashtirish prinsipini ishlatishga imkon beradi. Bu teoremaga muvofiq 
tanlanmalar chastotasi diskretlashtiriladigan signal spektrida yuqori chastotadan 
minimum ikki martaga katta bo‘lishi kerak. Bunda o‘zgarmas tashkil etuvchidan 
diskretlashtirish chastotasining yarmigacha chastotalar dipazoni raqamlashtiriladi 
va ARO‘ chiqishida spektrlarning ustma-tushishidan himoyalash uchun analog 
PChFni ishlatish yetarli bo‘ladi. 
Yuqori chastotali signallar uchun polosali diskretlashtirish (under sampling) 
ishlatiladi, u spektr kengligi markaziy chastotaning absolyut qiymatidan ko‘p 
martaga kichik bo‘lgan tor polosali signallarga ishlov berish uchun Kotelnikov 
teoremasi qo‘yadigan cheklashni chetlab o‘tishga imkon beradi. Bu shartga deyarli 
barcha radiosignallar mos keladi. Bu holda Kotelnikov teoremasi quyidagicha 
yangraydi: signal haqidagi ma’lumotlarni saqlanishi uchun uni diskretlashtirish 
chastotasi uning ikkilangan polosasi kengligiga teng yoki undan katta bo‘lishi 
kerak. Diskretlashtirish chastotasi bajarishi kerak bo‘lgan matematik shart 
quyidagi ifoda orqali tavsiflanadi: 
(2f
c
 - B) / m ≥ f
s
 ≥ (2f
c
 + B) / m + 1 
bu yerda 
f
c
— signal spektridagi markaziy chastota; 
f
s
— diskretlashtirish chastotasi;
B
— signal spektri kengligi; 
m - f
S
≥2B
nisbat bajarilishi uchun tanlanadigan ixtiyoriy butun son. 
Polosali diskretlashtirishda butun chastotalar polosasi emas, balki faqat uning 
qismi raqamlashtiriladi. Bunda spektrning ustma-ust tushib qolishidan himoyalash 


215
uchun polosali analog filtlardan foydalanish zarur. Yana ta’kidlash kerakki, 
polosali diskretlashtirish signalni raqamlashtirish bilan birga bir vaqtda uning 
spektrini past chastotaga o‘tkazishni amalga oshirishga imkon beradi. 
Har ikkala holarda o‘zgartirgichning kirishida spektrning ustma-ust 
tushishidan himoyalash uchun analog filtrlardan foydalanish zarur bo‘ladi. Bunda 
diskretlashtirish chastotasi qanchalik yuqori bo‘lsa, analog filtrga shunchalik 
pastroq qat’iy talablar qo‘yiladi. Amaliyotda ishlab chiquvchilar ARO‘ chiqishida 
uchta yoki to‘rtta kaskadli passiv filtrdan foydalanish yetarli bo‘ladigan tarzda 
diskretlashtirish chastotasini ta’minlashga urinadi. 25 MGs gacha chastotalar 
diapazoni uchun Kotelnikov bo‘yicha signalni to‘g‘ridan-to‘g‘ri diskretlashtirishli 
sxema, ham polosali diskretlashtirishli sxemani qo‘llash mumkin. 
Radioqabul qilgichda raqamli qurilmalar quyidagi vazifalarni bajaradi: 
− 
talab qilinadigan kanalni ajratish;
− 
signal spektrini pastroq chastotaga o‘tkazish;
− 
signaldagi ma’lumotlarni dekodlash yoki detektorlash.
Bu vazifalarni bajarish uchun turli qurilmalar va ularning birikmalari 
ishlatiladi. Kanalli filtrlash, geterodinlashtirish, diskretlashtirish chastotasini 
pasaytirishni (detsimatsiyani) o‘z ichiga oladigan birlamchi, nointellektual ishlov 
berish ko‘pincha tezkor dasturlanadigan mantiq (
FPGA
) yordamida yoki 
maxsuslashtirilgan mikrosxemalar – raqamli qabul qilgichlarda (
digital down 
converter — DDC
) bajariladi. 

Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin