106
7. ANALOG VA RAQAMLI TELEVIDENIYE UZATKICHLARI
7.1. Televideniye uzatish tizimiga talablar
Televideniyening asosiy vazifasi tomoshabin ob’ektning tasvirini tabiiy
qilinganidek rangli va hajmli ko‘rishidan iborat. Harakatdagi va qo‘zg‘almas
tasvirlarni elektr uzatish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi TV tizim
deyiladi. Bu kompleksga televizion uzatish kamerasidan tortib to televizion qabul
qilgichgacha bo‘lgan butun televizion apparatura kiradi.
TV uzatish tizimi qanday talablarga javob berishi kerak? Ulardan birinchisi –
rangli TV signal egallaydigan polosa (
ΔF
RTV
) oq-qora
televideniye egallaydigan
polosaga (
ΔF
OQTV
) teng bo‘lishi kerak, ya’ni
ΔF
RTV
= ΔF
OQTV
= 8 MGs
Bu shart rangli televideniye signallarini mavjud televizion aloqa kanallari
orqali uzatish uchun foydalanish zarurati orqali tushuntiriladi.
Yer usti uzatishda tasvirlar va ovoz signallarini uzatish televideniye uzatish
radiosignallari (TURS) orqali amalga oshiriladi, ulardan har biri tasvir radiosignali
(TRS) va ovoz radiosignali (ORS) birligidan iborat bo‘ladi. Tasvir radiosignali deb
U
Σ
(t)
to‘liq
videosignal yoki
U
TRVS
(t)
to‘liq rang videosignali orqali
modulyatsiyalangan tasvirni tashuvchiga, ovoz radiosignali deb ovoz signali bilan
modulyatsiyalangan ovoz tashuvchisiga aytiladi. Bunda barcha davlatlarda
radiosignal egallaydigan chastotalar polosasini qisqartirish va TV uzatkichlarning
qurilishini soddalashtirish maqsadlarida videosignalni uzatish uchun amplitudaviy
107
modulyatsiyalash (AM), ovoz signalini uzatish
uchun esa chastotaviy
modulyatsiyalash (ChM) ishlatiladi (7.1- rasm).
7.1- rasm. To‘liq televizion signal
TV uzatkich chiqishida videosignaldagi o‘zgarmas tashkil etuvchini qayta
tiklash, ya’ni o‘chiruvchi yoki sinxronlashtiruvchi impulslarni qayd etish amalga
oshiriladi. Bu uzatkich kaskadlaridagi tranzistorlarni
samarali ishlatishga imkon
beradi, chunki modulyasion (amplituda) xarakteristikaning chiziqli oralig‘i
sezilarli kamayadi, bunda iste’mol quvvati bo‘yicha yutuq taxminan 2,5 martani
tashkil etadi. TV uzatkich modulyatoriga videosignal negativ yoki pozitiv qutbda
beriladi, natijada negativ yoki pozitiv modulsiyalashli TRS hosil bo‘ladi (7.2-
rasm).
7.2- rasm.
Negativ va pozitiv modulyatsiyalashli TRS
108
Radiosignal negativ modulyatsiyalanganida maksimal
nurlanish quvvatiga
sinxronlash tirish impulslari va tasvirning qora oraliqlari mos keladi. Oq oraliqlari
maksimal nurlanish sathining 15% ga mos sathda uzatiladi.
Pozitiv modulyatsiyalashda, aksincha, maksimal nurlanish quvvati tasvirning
oq oraliqlariga mos keladi. Har ikkala hollarda doimo “qora” sathlari, o‘chiruvchi
impulslar sathlari qiymatlari qayd etiladi.
Televizion uzatish radiotraktining umumlashtirilgan tuzilish sxemasi 7.3-
rasmda keltirilgan.
7.3- rasm. Televizion uzatish radiotraktining umumlashtirilgan tuzilish sxemasi
Agar UB1 amplitudaviy modulyator kirishiga shartli bir tekis spektrli
U
TRVS
(t)
signal berilsa, chiqishda ikkita yon polosalar va
f
TT
tasvir tashuvchi hosil
bo‘ladi.
F
yu
= 6 MGs
videosignal spektri yuqori chegaraviy chastotasida ikki
polosali AM signal egallaydigan chastotalar polosasi kengligi 12
MGs ni tashkil
etadi. Lekin binobarin, modulyatsiyalovchi signal haqidagi to‘liq ma’lumot yon
polosalardan har birida bo‘ladi, u holda ulardan birini uzatish yetarli bo‘ladi.
Shuning uchun uzatkichda bitta yon polosa (ko‘pincha pastki)
Z1
filtrda qisman
so‘ndiriladi, uning chiqishida
U
TRS
tasvir radiosignali hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: