120
o‘rnatiladigan uzatish antennasining to‘g‘ri ko‘rinish zonasida yuqori sifatli
radioeshittirish ta’minlanadi. To‘g‘ri ko‘rinish zonasining
radiusi shar shaklidagi
Er ideallashtirilgan modeli uchun quyidagiga teng bo‘ladi (kmda):
𝑅 = 3,57(√ℎ
1
+ ℎ
2
)
, (8.1)
bu yerda
h
2
,
h
2
– uzatish va qabul qilish antennalarining ko‘tarilishi balandligi,
metr.
h
1
=200 m va
h
2
=10 m bo‘lganda
R
=14,5 kmni olamiz. UQT
radioeshittirishda radioko‘rinish zonasi unchalik katta emas, shuning uchun RUQ
quvvatini
oshirish zarur emas, u oddatda 1 kVt dan oshmaydi. Alohida hollarda
nurlanish quvvati 15 kVtgacha oshiriladi. UQT diapazonda sifatli radioeshittirish
modulyasiyalovchi signal chastotalar dipazonini 30…15000 Gs chegaralarda
kengaytirish, chastotaviy modulyator xarakteristikasining
yuqori chiziqliligi va
nurlantiriladigan signal polosasining 145 kGsli umumiy kengligili keng polosali
chastotaviy modulyasiyalash hisobiga ta’minlanadi. 1 kVt gacha quvvatda
radiuzatkichni 8.5- rasmda keltirilgan tuzilish sxemasiga muvofiq to‘liq
tranzistorlarda yig‘ish mumkin.
Radiouzatkichning asosi quvvatlari koaksial turdagi uchta ko‘prik qurilmalari
yordamida qo‘shiladigan 250 Vtdan quvvatli modullar hisoblanadi. Har bir modul,
o‘z
navbatida, quvvatlari ko‘prik qurilmalari yordamida qo‘shiladigan 50 Vt dan
quvvatli sakkizta O‘YuCh tranzistorlardan to‘plam hisoblanadi. Keng polosali
chiziqli ChM qo‘zg‘atkichda
amalga oshiriladi, uning tarkibiga yana
nurlantiriladigan signalning chastotasini o‘zgartirishga imkon beradigan
chastotalar sintezatori kiradi.
121
8.5- rasm. UQT ChM radioeshittirish uzatkichining
umumiy tuzilish sxemasi
Mikroprotsessor orqali boshqariladigan uzatkichning tuzilish sxemasi esa
8.6- rasmda keltirilgan.
Uzatkichda ikki pog‘onali ChT-IM modulyasiyalash amalga oshiriladi.
Uzatkichning ishlashini mikroprotsessor boshqaradi. Uning yordamida
quyidagilar amalga oshiriladi:
– uzatkichni avtomatik yoqish va o‘chirish;
– uzatkichning tashuvchi chastotasini tanlash;
– kontroller va kompyuterdan keladigan diskret vaanalog signallarni kodlash;
– klaviatura yordamida shakllantiriladigan ma’lumotlarni xotiraga kiritish;
– nimtashuvchi
chastotalar signallarini
F
1
chastotaga mantiqiy 1,
F
1
chastotaga mantiqiy 0 tayinlash bilan shakllantirishdan iborat birinchi
modulyasiyalash bosqichi;
– uzatkich barcha bloklarining ishlashini nazorat qilish;
– elektron himoya qurilmalarini boshqarish.
Dostları ilə paylaş: