Ismlari ila 2-qism


Aziz bolajonlar, keling birgalikda jannat bashorati



Yüklə 17,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/36
tarix05.12.2023
ölçüsü17,88 Mb.
#173576
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Allohning go\'zal ismlari ila 30 kun 2-qism-compressed

Aziz bolajonlar, keling birgalikda jannat bashorati
berilgan sahobalarning sifatlarini o’rganib yozib chiqamiz!
Topshiriq!
Abu Bakr as-Siddiq r.a
Rosululloh sallollohu alayhi vassallamning eng yaqin do’stlari,
qaynotalari, hijratdagi yo’ldoshlari, musulmonlarning 1- halifasi
Umar ibn al-Hattob r.a
Usmon ibn Affon r.a 
Ali ibn Abu Tolib r.a
Talha ibn Ubaydulloh r.a
Said ibn Zayd r.a 
Zubayr ibn Avvom r.a 
Sa'd ibn Abu Vakkos r.a 
Abdurahmon ibn Avf r.a 
Abu Ubayda ibn al-Jarroh r.a


Tafakkur qiling! 
1. Bolajonlar, Alloh taolo aziz qilgan kimlarni 
(podshohlar, olimlar, qorilar) bilasiz? 
2. Alloh taolo sizni ham shunday sharaflashi uchun
nimalar qilishingiz kerak? 
3. O’z kasbining chinakam ustasi bo’lish ham
Allohning fazli bilan izzat topish sanaladimi yoki
o’z kuchi bilan bunday martabaga erishiladimi? 
4. Alloh taolo e’zozlagan kimlarga havas qilasiz? 
5. Kelajakda qaysi kasbni egallamoqchisiz? 
Bilasizmi? 
Hurmatlanishning mutakabbirlikdan farqi bordir.
Sizdagi barcha yaxshi narsalar Allohdan ekanligiga
iymon keltirish-bu azizlikning belgisidir. Kibr esa
barcha kuchli jihatlarni o’zidan deb bilishdir.
Masalan, men aqlliman, men chiroyliman, men
kuchliman, men badavlatman deyish. Bular Allohning
bizga bergan ne’mati ekanligini unutib hammasiga
o’zim deyish mutakabbirlik va noshukrlikdir. 
Bolajonlar, aslida biz eng sharaflangan ummatmiz!
Chunki Alloh bizga eng mukammal din-islomni berdi va
bizni aziz qildi. Mo’minlar iymonlari ila sharaflandilar
va aziz bo’ldilar. Qiyomat kunida ham izzat ila
Jannatga kiradilar! 
Biror kishini yoki biror narsani hurmat qilish, qadrlash va qudratli
bo'lishiga imkon beradigan Zot. Alloh kimni xohlasa aziz va
mukarram qilib qo’yadi.
“Agar Alloh biron bandani yaxshi ko‘rsa, Jabroilga:
“Albatta Alloh falonchini yaxshi ko‘rdi. Sen ham uni yaxshi
ko‘rgin”, deydi. Bas, Jabroil o‘sha bandani yaxshi ko‘radi.
Keyin Jabroil osmon ahliga: “Albatta Alloh falonchini
yaxshi ko‘rdi. Sizlar ham uni yaxshi ko‘ringlar”, deydi. Bas,
osmon ahli o‘sha bandani yaxshi ko‘radi. So‘ngra uni
yerdagilar ham yaxshi ko‘radilar.

Yüklə 17,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin