Al-Hakam ismi olamdagi har qanday hodisada aks etadi. Chunki har bir
voqea Alloh hukm chiqarganda sodir bo'ladi. Masalan, bargning
uzilishidan tortib, jo'janing tuxumni yorib chiqishigacha, dengizdagi
to'lqinlarning tebranishi, osmondagi sayyoralarning harakatlanishiga
qadar namoyon bo'ladi.
Qiyomat kunida ham Al-Hakam bo’lgan Zot odamlar orasida adolat bilan
hukm qiladi. U hech kimga zulm qilmaydi. Iymon egalariga lutf ila jannat
beriladi. Kofirlar esa jahannamga tashlanadi.
1. Qur’on. Uning oyatlari odamlarga to’g’ri va notog’ri yo’llar, halol va
harom amallar xususida xabar beradi va hukm qiladi.
2. Payg'ambarimiz (s.a.v.) ham Allohning al-Hakam ismi bilan hulqlangan
edilar. Ular odamlar orasini adolat ila isloh qilar edilar. Ummatlariga
haq va botilni tanitib, jannat va do’zax haqida xabar berdilar.
3. Olimlarda ham bu sifat namoyon. Ular ilm ila yaxshilik va yomonlikni
farqlaydilar va bizga yetkazadilar.
Haq va botilni, rost va yolg’onni, yaxshi va yomonni ajratib turuvchi Zot.
Alloh taolo oliy hakamdir. U hamma narsada hukm chiqaradi. Uning
farmonisiz hech narsa, hech qanday voqea bo'lmaydi. Uning farmonini
bekor qiladigan, kechiktiradigan yoki oldini oladigan kuch yo'q.
Haj surasi
22:69
Dostları ilə paylaş: