Ne’matlarning o’ziga xos taqsimlanishi.
Bolajonlar, bu mavzuni tushunib olishimiz uchun ajib hikoyaga quloq tutaylik!
“Assalamu alaykum bolajonlar! Mening ismim Kisva! Men bundan 14 asr avval sarvari
olam Muhammad
ﷺ
xizmatlarida bo’lganman. Bu bilan faxr etaman! Men
Payg’ambarimiz
ﷺ
bilan Madinaga hijrat qilganman. U Zot
ﷺ
men bilan juda go’zal
muomala qilar edilar. Hatto Madinaga kirib borganimizda, kimning uyida
to’xtashimizni tanlashni menga havola qildilar. Men birinchi cho’kkan joyimni
Rasululloh
ﷺ
sotib oldilar va u yerda Masjid al Nabaviyni qurishni iroda qildilar.
Keyingi to’xtagan joyim Ayyub al Ansoriy r.a.ning uylari bo’ldi. Men shuningdek
Muhammad
ﷺ
bilan Badrga, Hudabiyyaga birga chiqqanman. Vidolashuv xajiga ham
ularni men olib borganman. Alloh meni eng baxtli jonzotlardan qildi, Alhamdulillah!
Robbimiz bizni sahro iqlimiga moslab yaratdi. Bir ichganda 75 litrgacha suv ichishimiz
va uch haftagacha suvsiz yashay olishimiz mumkin. O‘rkachimizda 35 kilogrammgacha
yog‘ yig‘ladi, shu orqali ikki haftagacha ozuqasiz yashay olamiz. Oyoqlarimiz keng
bo’lgani uchun qumga botib ketmaydi. Kirpiklarimiz esa to'rga o'xshaydi, hatto og'ir
sharoitda ham ko'zlarimizni qum bo’ronlaridan saqlaydi. Ko’zlarimiz boshimizning
tepa qismida joylashgani uchun orqani ham ko’ra olamiz. Burnimiz shunday
yaratilganki, eng dahshatli bo'ronlarda ham osongina nafas ololamiz. Yuqori
lablarimiz yoriq bo'lib, tikonli cho'l o'simliklarini yeyishiga imkon beradi. Qalin terimiz
tufayli yozda 50 daraja issiqqa va qishda 50 daraja sovuqqa chiday olamiz.
Darhaqiqat, Alloh taolo o’z adolati ila bizni og’ir sharoitlarda ham yashay oladigan
qilib yaratdi. Tafakkur qilib ko’ring-a, agar bizga ot yo eshakning tuyoqlari
berilganda, sahroda qanday qilib yurar edik?! Yoki bizni shu a’zolarimiz bilan suvda
yaratmadi, Alhamdulillah! U nimani qachon va qayerda tog’ri bo’lishini biluvchi adolat
Sohibidir! Subhanalloh!” 88:17-20
Allohning adolati
o'lchovlarda
namoyon
Topshiriq!
Dostları ilə paylaş: