ِﻢ ْﺳﺎِﺑ ْﺢﱢﺒ َﺴَﻓ ِﻢﻴ ِﻈَﻌْﻟا َﻚﱢﺑَر Mo’min kishi namozda boshini egib sajda va ruku qilar ekan, jisman Allohga
taslim bo’ladi. “Subhana robbial azim”- “Azim bo’lgan Robbimni poklayman”
ila u tilini ham, qalbini ham Allohga taslim qiladi va uning huzurida yuksaladi.
Masalan, Quyosh haqida fikr yuritaylik.
“Quyosh bilan va uning ziyosi bilan qasam” Qur'on, 91:1. Quyosh hajmi Yerning hajmidan 1.300.000 marta kattaroqdir. Aqlimiz bu
raqamlarni idrok eta oladimi? Ha, hozirgi Yer kurrasini 1.300.000 martaga
ko’paytirib quyoshning kattaligini tasavvur qila olasizmi? Yo’q! Tasavvurlarimiz
bu sonlar oldida ojizdek, go’yo! Vaholanki, Quyosh Yerga yaqin eng katta yulduz.
Somon yo’li gallaktikasida Quyosh kabi 300 milliard yulduz bor. Birgina Quyoshni
tasavvur qila olmayotgan paytimizda, undan-da kattaroq yulduzlarni ihota qila
olamizmi? U yulduzlarni, gallaktikalarni yaratgan Al-Azim bo’lgan Allohning
ulug’vorligini aqllarimiz ilg’ay oladimi? Aql, ham tasavvur ham, hayol ham bunday
vaziyatlarda taslim bo'ladi! Faqat bittagina “Bo’l” buyrug’i ila quyosh va
gallaktikalarni yo’qdan bor qilgan Zotning buyukligini qanday tushunishimiz
mumkin?! Biz bunga faqat qalbimiz bilan ishonaman va tasdiqlaymiz!
O’ta buyuk va ulug’
ُﻢﻴ ِﻈ َﻌْﻟﭐ ُﻢﻴ ِﻈ َﻌْﻟﭐ
MAZMUNI:
24-KUN
Allohning bu go’zal ismi ila qanday hulqlanamiz?
Bolajonlar, Allohning cheksiz ulug’vorligi qarshisida zarradan ham kichik ekanligimizni
o’ylab ko’raylik. Kamtarlik go’zal libosimiz bo’lsin! Zero, shayton ham kibri, itoatsizligi
sabab farishtalar safidan chiqib jannat quvilgan edi. Buyuklik, mutakabbirlik faqat
Allohga xosdir!
Ko’zlarimiz belgilangan masofalargacha idrok etadi, aqlimiz ham
chegaralangan. U Alloh yaratgan jism va mavjudotlar haqida fikr
yuritganda ham bu ilmlarni tasavvuriga sig’dirishga qiynaladi.