Tovus Tamanno hikoyasi
Bir go’zal sharshara atrofida qushlar va hayvonlar ahil va inoq yashar
ekanlar. Qahramonimiz Tamanno hali juda kichik bo’lishiga qaramay ko’p
do’stlar orttirgan ekan.
Bir kuni qushlar qo’shiq aytish musobaqasini o’tkazibdilar. Bedana,
kaklik, bulbul ovozlari bilan yig’ilganlarni maftun qilishibdi. Navbat jajji
Tamannoga kelibdi. U ham bulbul kabi
sayrashga harakat qilibdi, lekin
ovozi juda boğiq va yo’g’onligi sabab, uyalib davrani tark etibdi. Do’stlari
uni shundayligicha yaxshi ko’rishlarini aytib, yupatibdilar. Shunda Tamanno
debdi: “Sizlarga havasim kelyapti… biringiz
chiroyli sayraysiz, biringiz
baland uchasiz, yana biringiz esa ham suzishni, ham uchishni bilasiz. Meni
esa, hech narsa qo’limdan kelmayapti. Mana, kuylashni ham eplay olmadim.
Alloh menga qanday iqtidor berganini bilolmayapman”.
Bu gaplarni eshitgan oqqush Tamannoga qarab debdi : “ Sen hali juda
kichkinasan. Bizning Robbimiz har narsani hikmat bilan yaratgan. Sen,
albatta, sabr qil. Katta bo’lguningcha qanday qobiliyating borligini bilib
olasan. Alloh juda mehribon ekanligini unutma!”
Bu so’zlardan so’ng, Tamanno ancha yengil tortibdi. G’amxo’r va aqlli
do’stlari borligi uchun “Alhamdulillah!” debdi.
Fasllar o’zgaribdi. Qish ortidan yana bahor kelibdi. Tamanno inidan
chiqqandida do’stlari unga shunday deyishibdi: “ Tamanno, duming juda
ham uzayib ketibdimi? Yurganingda biram yarashib turibdiki…Husningga
husn qoshilibdi”. “Nahotki?”,-deb dumini ochibdi Tamanno. Shu tobda
dumining go’zalligidan hamma lol qolibdi.
Dumidagi ranglar, naqshlarning
chiroyliligini ko’rib Tammanno ko’zlariga ishonmabdi. Sevinganidan Allohga
hamd aytibdi!
Topshiriq!
Bolajonlar, Allohning Al-Xoliq, Al-Bari,
Al-Musovvir ismlarida qanday o'xshashlik va qanday
farq borligi haqida fikrlab ko'ring. Fikrlaringizni ushbu
chizmada aks ettiring
Al-Musovvir
Al-Bari
Al-Xoliq
o'xs
has
hlik
Ishlarning go'zalini ko'rsatuvchi va
xunugini yashiruvchi Zot
Al-G’offarning lug’aviy ma’nosi yopguvchi, yashiruvchidir. Ya’ni
har xil kamchilik va ayblarnı berkitguvchi Zot degani.
Bolajonlar, sizda ham shunday bo’ladimi, biror bir xato yoki
gunoh qilib qo’yasiz. Qilgan ishingizni siz va Allohdan boshqa
hech kim bilmaydi. Vaqt o’tishi bilan qilgan ishingizdan
afsuslanasiz va tavba qilasiz. Al-G’offar bo’lgan Alloh
gunohingizni kechiradi va uni hech kimga oshkor qilmaydi.
Odamlar orasida sizni uyaltirmaydi. Karami bilan aybingizni
berkitadi va kechirib yuboradi.
Dostları ilə paylaş: