Ko’plab rizq beruvchi
Ar-Rozzaq
Buni Ibrohim alayhissalomning ayollari Xojar onamiz misollarida juda
yaxshi tushunishimiz mumkin.
Allohning amri bilan Ibrohim alayhissalom ayollari Xojarni va yangi
tug’ilgan o’g’illari Ismoilni Makka yaqinidagi kimsasiz vodiyda qoldirib
ketdilar. Oziq-ovqatlar tugagach, chaqaloq qattiq yig’lay boshladi.
Xojar onamiz Allohning ar-Rozzaq ekanligiga ishongan holda Safo va
Marva tepaliklarida 7 marta yuqoriga va pastga yugurib yegulik
qidirdilar. Shunda Mehribon Alloh ular uchun zam-zam suvini chiqardi.
Bu suvdan hozirgacha biz musulmonlar rizqlanib kelmoqdamiz. Ko’rib
turganingizdek, Xojar onamiz rizq Allohdan, deb kutib o’tirmadilar,
balki yelib yelib-yugurib harakat qildilar.
Nima uchun odamlar ochlikdan aziyat chekmoqda?
Bolajonlar, dunyoning turli chekkalarida ochlikdan aziyat
chekayotgan bolalar haqida eshitganmisiz? "Ularning rizqi
qani ?", deb so'rashingiz mumkin. Bolajonlar, Alloh taolo biz
adolat qilmasak, yer yuzida buzilishlar bo'lishini eslatadi.
Tabiiy boyliklarni noto’g’ri ishlatishimiz, suvni isrof
qilishimiz, boylik to’plab nochorlarga yordam bermasligimiz
sabab, qiyinchilik va sinovlar keladi. Rizqimiz bizga yetib
kelishiga to'sqinlik qiladigan narsalardan biri bu bizning
gunohlarimizdir.
Dostları ilə paylaş: